Avtomobil yo‘llari qo‘mitasida Osiyo taraqqiyot bankining baholash missiyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. “Sement-beton qoplamali ichki yo‘llarni qurish” loyihasi doirasidagi moliyalashtirish shartlari bo‘yicha muzokaralarni Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi Jamshid Tursunov olib bordi.

Qayd etilishicha, bitimning amal qilish muddati 25 yil bo‘lib, shundan 5 yili imtiyozli davr hisoblanadi. Loyiha imtiyozli kredit asosida moliyalashtiriladi. Majburiy to‘lovlar kamayishi evaziga 40 million dollar iqtisod qilinadi. Muzokara yakunida tomonlar o‘rtasida kelishuv memorandumi imzolandi.

Shuningdek, Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi bir qancha loyihalar, jumladan, A-380 “G‘uzor —Buxoro — Nukus — Beyneu” avtomobil yo‘lining 581 — 673 va 673 — 698 km qismlarini rekonstruksiya qilish” loyihalarini amalga oshirishda qo‘mita bilan samarali hamkorlik qilgan va respublikada yo‘l infratuzilmasi rivojiga katta hissa qo‘shgan soha vakili  Pavan Karkining vakolat muddati yakuniga yetishi munosabati bilan unga esdalik sovg‘alari topshirildi.  

Muhayyo Toshqorayeva,  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi loyiha doirasida 40 million dollar iqtisod qilinishiga erishiladi