Yangi kosmik davrda yaşaşga tayyormizmi? (+video)
Bugun butun dunyoda kosmik texnologiyalar jadallik bilan rivojlanib bormoqda. Özbekiston ham bu sohada öz imkoniyatlarini kengaytirişga intilmoqda.
Bu borada davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan qaror va farmonlarda ham aniq rejalar, vazifalar belgilangan.
Xususan, Prezidentimizning “Kosmik tarmoqni yanada rivojlantiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori bilan kosmik tarmoqni rivojlantirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Kosmos deganda köpçilikning köz oldiga raketa va sunʼiy yöldoşlar keladi. Bu soha oddiy odamlarning hayotida qanday özgarişlarga sabab bölyapti?
Bugun yoşlarimiz kosmik sohada öz ixtirolarini yaratişi uçun qanday imkoniyatlar bor?
Şu kabi savollarga javob topiş maqsadida “Özbekkosmos” agentligi bölim mudiri Xumoyun Rahmonovga yuzlandik.
— Şu yönalişda qabul qilinayotgan hujjatlar aynan kosmik texnologiyalar va kosmik maʼlumotlarni iqtisodiyotimizga amaliy tatbiq qilişga qaratilgan, – deydi Xumoyun Rahmonov – Şu örinda "Bu bizga nima beradi?" degan savol tuğiladi. Yaʼni hozirgi kunda iqtisodiyot tarmoqlarida juda köp muammolar va yeçim kutayotgan masalalar turibdi. Özkosmos agentligi tomonidan taqdim etilayotgan loyihalar aynan şu muammolarning yeçimiga eʼtibor qaratyapti. Çunki bugun biz yangi kosmik davrda yaşayapmiz. Misol uçun kadastr, ekologiya, geologiya yoki qişloq xöjaligi sohalari böladimi, raqamlaştiriş jarayonida uşbu sohalarda maʼlumotlarni töğri aniqlaş va töğri qaror qabul qiliş uçun agentligimiz mutaxassislari tinmay izlaniş olib borişyapti. Xorij tajribalarini örganişyapti.
Şu örinda bir narsani taʼkidlaşni xohlardik. Bugun Marsni, oy va yulduzlar holatini kuzatuvçi, ularga doir tadqiqotlar va yangiliklarni örganuvçi oddiy insonlar oramizda köp. Ulardan biri farğonalik Orifjon Şermatov. Unning asli kasbi tokarlik, yaʼni metallarga işlov beruvçi usta.
— Bolaligimdan astronomiya sohasini örganişga qiziqib, uçuvçi bölişni juda xohlaganman, —deydi Orifjon biz bilan suhbatda. — Özimni teleskopimda kuzatuvlar, tajribalar qilardim. Ikki yil oldin ijtimoiy tarmoqlar orqali teleskopimda osmon obʼektlari — oy, saturn, Yupiter sayyorasini jonli efir orqali körsatişni boşlab, koinotga qiziqadigan odamlar bitta men emas, millionlar ekaniga guvoh böldim. Çunki koinot çeksiz bilim ummoni. Biz insonlar osmonga qarab, yerdagi hayotni özgartiramiz.
Özbekistonda astronomiya, fizika, ayniqsa elektronikaga qiziqiş jadallik bilan ortib bormoqda. Yoşlarning intilişini oşiradigan tögaraklar, jamoa bölib işlovçi guruhlar tobora köpayyapti. Yaqinda Özbekiston terma jamoasi Koreyaning Inçxon şahrida ötkazilgan xalqaro robototexnika musobaqasida 190 ga yaqin jamoa orasida birinçi örinni egallab, jahon çempioni bölib qaytganidan hammamizning xabarimiz bor. Özbekistonga katta yutuqlar olib keladigan ana şunday yangiliklar köpayaversin.
N. Rahmonova, N. Abduvoitov, D. Yoqubov (video), S. Obidjonov (montaj), ÖzA