Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov Buxoro shahridagi mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Nigora” korxonasida bo‘ldi. “Merganteks” paxta-to‘qimachilik klasteri tomonidan 22 million AQSH dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya kiritildi va paxta xomashyosidan ip-kalava va undan mato ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

Shuningdek, bo‘yash hamda kiyim-kechak tikishni tashkil etish orqali faoliyatni kengaytirish maqsadida 2024-2025-yillarda qo‘shimcha 28 million AQSH dollarlik investitsiya kiritilgan. Shunga ko‘ra, bu yerda aralashma tolali xom, bo‘yalgan gazlama hamda tayyor kiyim ishlab chiqarish majmuasi tashkil qilindi. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali hozirda jamiyatda jami 880 ta ish o‘rni yaratildi. 

– Ishlab chiqarish dastgohlari Shvetsariya, Italiya, Belgiya va Germaniya davlatlaridan keltirilgan bo‘lib, yiliga 1 ming tonna bo‘yalgan ip, 1 million dona  tayyor kiyim ishlab chiqarish quvvatiga ega, – deydi  “Merganteks” paxta-to‘qimachilik klasteri ta’sischisi Ibrohim Hamroyev. – Bugunga kelib, Yaponiya va Italiyadan matoga zamonaviy raqamli va rotatsion gul bosish uskunalarini ham keltirib o‘rnatdik va “Shoyigul” brendi asosida erkaklar va ayollar ko‘ylaklarini ishlab chiqarishni boshladik.

Botir Zaripov matoga gul bosish uskunalarini ishlash jarayoni, ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulotlarni ko‘zdan kechirdi. Shu yerda viloyat rahbariga loyihaning navbatdagi bosqichi doirasida amalga oshiriladigan ishlar haqida ma’lumot berildi. Xususan, rejaga ko‘ra, keyingi bosqichda erkaklar uchun shim va sun’iy tola ishlab chiqariladi.

Botir Zaripov bu boradagi tashabbusni qo‘llab-quvvatladi va loyihani jadallashtirish lozimligini ta’kidladi. Muloqotda klasterning yangi loyihalari yuzasidan ham o‘zaro fikr almashildi.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi korxonada yangi mahsulotlar