Yangi korxona ishga tushdi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Shumanay tumanida non, non mahsulotlari va makaron ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yangi korxona ish boshladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Shumanay tumanida non, non mahsulotlari va makaron ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yangi korxona ish boshladi.Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 5-oktabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatdan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni kichik biznesni jadal rivojlantirish, xususiy mulkni himoya qilish va uning daxlsizligi kafolatlarining huquqiy mexanizmlarini yanada mustahkamlash, hududlarda investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga xizmat qilmoqda.
“Taxiatosh don mahsulotlari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan tashkil etilgan korxonada 19 ishchining doimiy bandligi ta’minlandi.
– Germaniyadan 492 million so‘mlik zamonaviy uskunalar keltirib o‘rnatilgani non va non mahsulotlarining yuqori sifatli va xaridorgir bo‘lishini ta’minlamoqda, – deydi korxona rahbari Baxtiyor Abduxoliqov. – Xorijdan keltirilgan 195 million so‘mlik makaron ishlab chiqarish uskunalari yordamida 2 xil mahsulot ishlab chiqarmoqdamiz.
Korxona kuniga 3 turdagi 1 ming 500 kilogramm non mahsulotlari va 2 turdagi 2 ming 500 kilogramm makaron ishlab chiqarish quvvatiga ega.