Yangi korxona ish boshladi
To‘rtko‘l tumanida sanoatimizni rivojlantirish va iqtisodiyotimizni yanada mustahkamlashda muhim o‘rin tutadigan “Degore-glass T” korxonasining ochilishiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay Orinbayev ishtirok etib, yangi korxonaning foydalanishga topshirilishi munosabati bilan yig‘ilganlarni tabrikladi.

Ta’kidlanganidek davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan Qoraqalpog‘istonda tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha yaratilgan imkoniyatlar natijasida To‘rtko‘l tumanida shisha idishlarni qayta ishlash loyihasi amalga oshirildi. Natijada yiliga 4,5 million dona mahsulot ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilib, 80 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratildi. Albatta, bu korxona yurtimiz iqtisodiyotini mustahkamlash va xalqimiz farovonligi yo‘lida uzoq yillar davomida xizmat qiladi.

Tadbir ishtirokchilari yangi korxona faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.
Dovud Abibullayev, O‘zA