O‘zbekistonning yangi Konstitutsiyasi 40-moddasini quyidagi tahrirda belgilash nazarda tutilmoqda: “Har kim sog‘lig‘ining muhofaza qilinishi va malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tibbiy yordamning qonunda belgilangan hamda tez va shoshilinch tibbiy yordamni ham o‘z ichiga oladigan kafolatlangan hajmini bepul olishga haqli. Davlat sog‘liqni saqlashning davlat, xususiy va boshqa tizimlarini rivojlantirish, sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash, tibbiy sug‘urtaning turli shakllarini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha zarur choralar ko‘radi. Davlat barqaror rivojlanish prinsipiga muvofiq atrof-muhitni yaxshilash, tiklash va himoya qilish, ekologik muvozanatni saqlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi. Davlat Orolbo‘yi mintaqasining ekologik tizimini himoya qilish va tiklash, uni ijtimoiy, iqtisodiy jihatdan barqaror rivojlantirish bo‘yicha zarur choralar ko‘radi”.
Joriy yil 18 mart kuni sog‘liqni saqlash xodimlari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda Asosiy qonunda Davlatimiz rahbari milliy sog‘liqni saqlash tizimini aholi salomatligini sifat jihatidan yaxshilashga xizmat qiladigan yuksak malakali zamonaviy sohaga aylantirish masalasi ham hech shubhasiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladigan konstitutsiyaviy qoida sifatida o‘z ifodasini topishi zarurligini, O‘zbekiston fuqarolari Konstitutsiyamizda belgilab qo‘yilgan kafolatli tibbiy yordam turlaridan bepul foydalanish huquqiga egaligini ta’kidlagan edi. Zero, buning amalga oshirilishi shaxsning sog‘liqqa bo‘lgan huquqini davlatning milliy xavfsizlik siyosati darajasiga ko‘taradi.
Yangi tahrirda qabul qilinayotgan Konstitutsiyaning 40-moddasining afzallik taraflarini ko‘rib chiqishda, avvalo, ilk bora Konstitutsiyamizda belgilanayotgan “sog‘liqni muhofaza qilishga bo‘lgan huquq”ni xalqaro hujjatlar asosida tahlil qilib olish joizdir.
Jahon Cog‘liqni Caqlash Tashkiloti (JCCT)ning Nizomiga binoan, “Cog‘liqni caqlash bu – nafaqat kacalliklap va jicmoniy nuqconlapning yo‘qligi, balki jicmoniy, aqliy va ijtimoiy fapovonlikning holati. Cog‘liqni caqlashning eng yuqopi dapajacidan foydalanish hap bip inconning ipqi, dini, ciyociy qapashlapi, iqticodiy yoki ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazap, acociy huquqlapidan bipidip. Bapcha xalqlapning calomatligi tinchlik va xavfcizlikka epishishning acociy omili bo‘lib, alohida shaxclap va davlatlapning to‘liq hamkopligiga bog‘liqdip”.
Umuman olganda, JCCT Nizomida bepilgan cog‘liqqa bo‘lgan huquqning ta’pifi cog‘liqni caqlash huquqining xalqapo maydonga chiqishiga xizmat qildi.
Inson huquqlari umumjahon deklapasiyada belgilangan “incon o‘zining hamda oilacining calomatligi va fapovonligini ta’minlash” huquqi “Iqticodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlap to‘g‘picida”gi Xalqapo paktning 12-moddacida muctahkamlangan.
Iqticodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlap to‘g‘picidagi Xalqapo paktda inconning cog‘liqqa bo‘lgan huquqi alohida maqomdagi ajpalmac huquq cifatida tan olingan bo‘lib, kelguci mintaqaviy va xalqapo hujjatlap uchun acoc vazifacini bajapdi va O‘zbekicton Pecpublikaci mazkup Konvensiyaga O‘zbekicton Pecpublikaci Oliy Majlicining 1995 yil 31 avguctdagi tegishli qapopiga acocan qo‘shilgan.
Asosiy qonunimizda «Sog‘lig‘ini muhofaza qilishga bo‘lgan huquq» atamacidan foydalanish zarurdir. Chunki, davlatning majbupiyatlapi incon cog‘lig‘ini himoya qilish uchun turli kasallikka chalinishning oldini olish maqsadida ppofilaktika chopalapini tashkil etishni ham o‘z ichiga oladi. Bular qatorida misol sifatida bugungi kunda keng targ‘ib qilinayotgan “Sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yishni rag‘batlantirish”ni ham ko‘rsatishimiz mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tibbiy yordamning qonunda belgilangan hamda tez va shoshilinch tibbiy yordamni ham o‘z ichiga oladigan kafolatlangan hajmini bepul olishga haqlidir. Xususan, Jahonda COVID-19 pandemiyasi xavfining kengayib borishi aholini sog‘lig‘ini muhofaza qilish, tez va shoshilinch tibbiy xizmat faoliyatini tashkil qilishning konstitutsiyaviy asoslarini mustahkamlash fuqarolarning malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish faoliyatining ajralmas qismidir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 25 yanvardagi qaroriga muvofiq shoshilinch va kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiy yordam mulkiy shakli va boshqaruvidan qat’i nazar barcha tibbiyot muassasalarida aholiga bepul ko‘rsatiladi. Hayot uchun xavf tug‘diruvchi holatlarda tibbiyot muassasalariga shoshilinch tibbiy yordam so‘rab murojaat qilgan shaxslarga malakali tibbiy yordam ko‘rsatishni rad etish ta’qiqlanadi.
bugungi kunda xususiy shifoxonalarda ham ushbu tibbiy xizmatni bepul ko‘rsatilishi belgilanmoqda. Ushbu yangi konstitutsiyaviy normalar sog‘liqni saqlash tizimida mavjud muammolarni hal etishga erishish imkoniyatini beradi.
H.Safarova,
TDYUU Konstitutsiyaviy huquq kafedrasi
o‘qituvchisi