Nurota tumanining Qizilcha qishlog‘i tomonga yo‘lim tushsa, har doim ajoyib shoir, katta qalb egasi bo‘lgan, rahmatli Muhammad Rajabning quyidagi she’rlari esimga tushadi:

Tog‘lar kiydi guldor ko‘ylagin,

Soylar so‘ylar ajib ertagin,

Chuchmomalar ochildi tag‘in,

Qizilchada boshlandi bahor.

2024-yil fevral oyining so‘nggi kunlari. Nurota tumanidagi “Pistali” koni, uning negizida yiliga 4 million tonna oltin ma’danini qayta ishlaydigan 6-gidrometallurgiya zavodi tomon oshiqamiz. Aholi yashash punktlaridan o‘tib borarkanmiz, ko‘zimiz oppoq gullarga burkangan bodom daraxtlariga tushadi. Adirlarda yashil rang zohir bo‘lib turibdi. Demak, Qizilchada boshlangan bahor bu yil o‘zgacha, yanada fusunkorroq. Boisi, oltin rangini  olgan zamin tuprog‘i ma’danga boy. Bu yangilik emas, nomiga mos qadim bu manzillarda oltintoparlar izi bor. Oldinlari pistasi bilan mashhur bo‘lgan dovon bugun oltini bilan maqtana oladi.

Esimda, o‘tgan yili 6-yanvar kuni konda oltin ma’dan tanalarini ochish uchun ilk portlatish ishlari bajarilgan edi. Albatta, bugungi kunda ishlab chiqarish jarayonlarini zamonaviy texnikalarsiz ta’savvur qilish qiyin. Ayni vaqtda kon majmuasining mustahkam moddiy-texnika bazasi yaratilgan. Jumladan, unda 5 ta “Epiroc” rusumli zamonaviy burg‘ilash uskunasi, 5 ta “Liebherr”, “Hitachi” rusumdagi ekskavator, 15 ta 55 va 90 tonna yuk ko‘tarish quvvatiga ega “Komatsu” rusumli avtoag‘dargich, 3 ta ma’dan yuklagich va boshqa turdagi kon texnikalari mavjud. Bugungi kunda “Pistali” konidan qazib chiqarilgan tog‘ jinslari hajmi 14 million kubometrdan oshdi.

Hozir “Pistali” sanoat maydonida qariyb ming nafarga yaqin ishchi-xizmatchi, muhandis-texnik xodim faoliyat ko‘rsatyapti. Majmua tarkibida 6-gidrometallurgiya zavodi, kon uskunalarini ta’mirlash sexi, avtosaroy, ishchilar shaharchasi va boshqa obyektlar qurilib, foydalanishga topshirildi.

“Pistali” konida tog‘ jinslarini qazib olish rejasi muddatidan oldin bajarib kelinayotgani e’tirofga sazovordir. 2023-yilda 10,5 million kubometr tog‘ jinsi qazib chiqarilib, rejaga nisbatan 110,2 foizga bajarildi. Shuningdek, o‘tgan yili uchun burg‘ilash ishlari rejasi 126,2 foizga bajarilishi ta’minlandi.  

2024-yil uchun tog‘ jinslarni qazib olish rejasi 14 million kubometr, burg‘ilash ishlari rejasi 933 ming pagonometr etib belgilangan. Joriy yilning yanvar oyida qariyb 1,5 million kubometr tog‘ jinslari qazib olinib, reja ko‘rsatgichlari 117 foizga uddalandi.  

Bundan tashqari, tashkil qilingan yangi ish joylariga mahalliy aholi, jumladan, Qizilcha, Tinchlik va Temirqovuq mahallalari hududida yashovchi ishsiz, kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi vakillari ishga taklif qilinmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, hududdagi ishsizlikni kamaytirib, aholi farovonligini oshirishga xizmat qiladi.

“Pistali” konida ishlab chiqarish rejalarining o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish hamda ishlab chiqarishda ilg‘or zamonaviy texnikalarni tadbiq etishda kon boshlig‘i Muhiddin Ro‘ziboyev rahbarligidagi jamoaning uyushqoqlikdagi faoliyati ish unumdorligini ta’minlayapti.  

Azamat Zaripov, jurnalist.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi kon – yangi imkoniyatlarga qanot