Ko‘rgulik

O‘zbek tilining izohli lug‘atida ko‘rgulik so‘zi erk-ixtiyordan tashqari holda kishi hayotida yuz bergan ko‘ngilsiz voqea, hodisa, holat, shuningdek, peshonaga yozilgan taqdir, qismat kabi ma’nolarda qo‘llanilishi yozilgan.  

Biz yashab turgan olam turli sir-sinoatlarga to‘la. Uni bilish, anglab yetish uchun bir inson umri kamlik qiladi. Lekin odamzod uni tushunishga intilaveradi.  

[gallery-21004]

Shoir Boboqand Mirzo ham bundan mosuvo emas. Uning she’rlarida ijodkor ko‘ngil kechinmalarining yorqin suvratlari, quvonchu og‘riqlari, umidlari aks etgan. She’rlarining mavzu ko‘lami, shakliy va uslubiy o‘ziga xosligi kitobxonni mulohazaga chorlaydi.  

Bu haqda Navoiy davlat universitetida shoirning “Ko‘rgulik” kitobi taqdimotida qayta-qayta ta’kidlandi.  

So‘z boshi muallifi – O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim yozganidek, “Ijodkor so‘zni avaylaydi, qadrlaydi. Boboqandning “So‘z bilan tirikman, Nafasim ham So‘z...”, deb yozgani bejiz emas.  

Uning she’r orqali eng avvalo, o‘ziga, so‘ngra dunyoga, tabiatga, odamlarga beradigan savollari ko‘p. Aksar holatlarda ularning javoblari ham o‘zi bilan.  

Usmon Nosir bo‘lib yog‘ayapsanmi –  

Qamchiq dovonida yog‘ayotgan qor?  

yoki  

Men bilan suratga tushasanmi, g‘am?  

yoxud  

Bir o‘chib yonishga qaysi dil ko‘nar?  

Shoir she’rlarini o‘qir ekansiz, bevosita har bir satrning asiriga aylanasiz. U bilan xayollar og‘ushiga g‘arq bo‘lasiz. Tasavvurlar esa ko‘z oldingizda gavdalanaveradi.  

Darvoqe, inson zoti borki, Vatan haqida bir so‘z aytishni istaydi. Shoirlar esa uni so‘z gavhari bilan bezaydi. Boboqandning har bir she’rida Vatanni his qilasiz, Vatan isini his qilasiz.  

U shunday yozadi:  

Vatan nima o‘zi?  

Bir hovuch tuproq...  

Vatan nima o‘zi?  

Osuda osmon...  

Vatan nima o‘zi?  

Ming yillik chinor...  

Vatan nima o‘zi?  

Ko‘zmunchoq tumor  

Vatan nima o‘zi?  

Istiqlol. Hurlik. 

Aziz kitobxon, yaxshisi o‘zingiz shoirning “Ko‘rgulik” she’riy to‘plamini o‘qib, baho bering.  

A.Bo‘riyev, S. Aslonov (surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi kitob taqdimoti