Abdulla Qodiriy nomidagi Navoiy viloyati axborot kutubxona markazida shoir va yozuvchi Nurullo Ochilovning “G‘ururimsan, Vatanim!” nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Bir guruh ijodkorlar, yoshlar va harbiy qism askarlari ishtirok etgan tadbirda mazkur kitob mundarijasi, mazmun-mohiyati, ijodkorning keyingi yillardagi ijod yo‘li haqida so‘z yuritildi.  

Shu kunga qadar Nurullo Ochilovning “Taqdir tarozisi”, “Hayot gulshani”, “Qalb injulari”, “Saxovat bog‘i”, “Quyoshli diyor” kabi kitoblari nashr etilgan. “G‘ururimsan, Vatanim!” nomli kitob ijodkorning oltinchi kitobi bo‘lib, unda shoirning so‘nggi yillarda yozilgan vatanni ulug‘lovchi, ota-onaga muhabbat, yoru-birodarlarga sadoqat, odamlarni oliyjanoblikka undovchi she’rlar, hikoya, badia va esdaliklari o‘rin olgan.  

– Ijod yo‘lini tanlagan kishining eng avvalo, o‘quvchiga aytadigan muhim gapi bo‘lishi va shu gapni qanday, qay tarzda ayta olish qobiliyatiga ega bo‘lishi lozim. Shundagina u o‘z ovozi va uslubiga ega ijodkor sifatida o‘quvchilar qalbidan joy egallaydi, – deydi kitob mas’ul muharriri Otabek Aslonov. – E’tirof etish kerakki, Nurullo Ochilovning she’rlarida ham his-tuyg‘u, kechinmalari ifoda va tasvir qudratiga ega badiiy so‘z vositasi orqali jonli hamda to‘laqonli ifoda etilgan. Kitobda adabiyotning nasr va nazm yo‘nalishidagi ijod mahsullari o‘rin olganki, kitobxon ularni mutolaa qilgani sayin shoirning qalb kechinmalarini his etib boradi. Vatan, muhabbat, ota-onaga hurmat, sadoqat, yoshlarga nasihat va ibrat mavzularida qalamga olingan she’riy guldasta o‘quvchini mushohadaga, mulohazaga chorlashi tabiiy.  

Darhaqiqat, chinakam shoirgina o‘zining kayfiyatini, kechinmalarini, hayotiy tuyg‘ularini voqeliklar orqali kitobxonning ruhiy dunyosiga singdirishga harakat qiladi.  

– Nurullo Ochil o‘zbek she’riyatiga bugun kirib kelgani yo‘q, – deydi ijodkor Azamat Zaripov. – 1961 yildan buyon savdo sohasi, qurilish va bunyodkorlik ishlari bilan bir qatorda, vaqtli matbuot, xususan, tuman, viloyat va respublika gazeta, jurnallarida hikoya va feletonlari bilan faol ishtirok etib keldi. Ijodkorning qator she’riy va nasriy to‘plamlari sermahsul ijodining namunasi bo‘lib, uning navbatdagi “G‘ururimsan, Vatanim!” nomli kitobidan o‘rin olgan asarlari o‘ylaymizki, tez orada o‘zining o‘quvchilariga ega bo‘ladi. Adabiyot atalmish sohir olamga endigina qadam qo‘yayotgan yoshlar uchun mahorat maktabi vazifasini ham o‘taydi.

[gallery-20517]

Kitob taqdimotida ijodkorlar o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, shoirning she’rlaridan namunalar o‘qishdi.

A.Bo‘riyev, S.Aslonov (surat), O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi kitob taqdimoti