Buvayda tumani markazida yosh ijodkor Sohibjon Hotamovning “Seni yaxshi ko‘raman” deb nomlangan yangi kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbir tuman hokimligi hamda axborot- resurs markazi tomonidan tashkil etildi.

Ijodkorning ilk kitobi 17 yoshida “Shoshqaloq” nomi bilan nashrdan chiqqan. Shundan so‘ng “Vatan mehri”, “Men, onam va qishloq” nomli kitoblari chop etilgan.  

U Respublika Yozuvchilar uyushmasi tomonidan o‘tkazib kelinayotgan Zomin yosh ijodkorlar seminari qatnashchisi.

“Seni yaxshi ko‘raman” –bu har bir farzandning onaga aytadigan dil izhorlari.

“Yosh kuch” nashriyoti tomonidan chop etilgan ushbu kitob onalar, onani sevish, uni ardoqlash, mehr- muhabbat haqida.

Qissa va hikoyalardan tashkil topgan mo‘’jaz kitobda sog‘inch, dil firoqlari, alam va hayotga bo‘lgan muhabbat badiiy bo‘yoqlarda aks etgan.  

Kitob taqdimoti onalarga ehtirom ko‘rsatishdek ezgu va xayrli ishlarning uzviy davomidek taassurot qoldirdi.

Muhammadjon Obidov,  

O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi kitob taqdimoti