Yaqinda “Akademnashr” nashriyotida yosh yozuvchi Furqat Alimardonning “Qorakuya” kitobi chop etilganidan ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar topdimu, darhol olib o‘qib chiqdim. Negaki, ijodkorning bundan avvalgi “Pichirlangan sirlar” asari menda ajoyib taassurot uyg‘otgandi.

E’tirof etish kerak, muallif mazkur asarida kundalik hayotimizda hali hanuz oz bo‘lsa-da saqlanib qolayotgan eng dolzarb muammolar – rasmiyatchilik, ishga qabul qilish va kadrlarni tanlashdagi tanish-bilish, oshna-og‘aynigarchilik, korrupsiya, qolaversa, laganbardorlik, yuzakichilik singari illatlarni qalamga olgan.

“U goh yo‘ldan ko‘z uzib qarab qo‘yayotgan bino tomon yuramiz. Bu binoda maktab joylashgan. Bugun odam gavjumligidan biror tadbir borga o‘xshaydi. Bir tomonda osh damlanyapti, bir tomonda sumalak qaynayapti. Binoga kirish eshigi yonida olti-yetti nafar o‘quvchi qiz turibdi. Havoning sovuqligiga qaramay atlas ko‘ylak-lozim kiyib olgan qizlar dir-dir titrashardi. Atrofdagilar esa – o‘qituvchilar, mahalla faollari – kurtkayu paltolarining tugmalarini oxirigacha qadab olib, nimalarnidir muhokama qilishyapti...

Eshik yonida saflanib turgan qizlardan biri yo‘taldi. Direktor bir seskanib unga qararkan, o‘qituvchilardan biriga: “Bu qizga bir piyola issiq choy bering, ichiga issiq kiradi”, – deya tayinladi.

Qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib “xo‘p”lagan o‘qituvchi ayol yonidagilarga eshittirib: “Elektr yo‘q hali, tadbir boshlanishiga kelsa ham katta gap, shuning uchun issiq choy ham yo‘q. O‘zi elektrosetdagilarga bugun maktabimizda tadbir bo‘lishi, kattakonlar kelishi aytilganmi?” – dedi. 

“Aytilgan”, – deb javob berdi yonidagi bir o‘qituvchi jerkish ohangida”.

To‘g‘ri, asar badiiy to‘qima mahsuli sanaladi. Lekin shugina ikkala xatboshida ba’zan jamiyatda yuz berib turadigan og‘riqli masalalar o‘z ifodasini topgan.

Jamiyat taraqqiyotining kushandasi hisoblangan korrupsiya illati bitta emas, bir nechta asarlarga mavzu bo‘lib kelgan yillar mobaynida. Tilga olinayotgan qissa ham bundan mustasno emas. Muallif korrupsiyaning ayanchli oqibatini juda mohirona tasvirlar orqali ochib bergan. 

O‘zi inson tabiati shunaqa. Kimdir noqonuniy ish qilsa yoki jinoyat sodir etayotgan bo‘lsa, “Bu ishing qonunga zid, to‘xta. Aksincha, falon darajadagi jazoga tortilasan” deya jon kuydirib ogohlantirsangiz quloq solmaydi. Ammo biror bir asar o‘qisa, uning obrazlari misolida o‘zini ko‘rib, hushyor tortadi. Qilmishidan o‘ziga tegishli xulosa chiqaradi. Aslida adabiyotning kuchi va ta’siri ham shunda. 

“Qorakuya”dagi mening e’tiborimni tortgan eng muhim sahnalardan biri bosh qahramon, oliy mahkama vakili Shavqiddin Amirovichning masjidga, kafe-barga, “tungi kapalak”lar maskaniga, mardikor bozori va dehqon bozoriga borib, aniqrog‘i “kasbini o‘zgartirib”, ulardagi vaziyatni o‘rgangani, shu orqali aholining kayfiyatiga baho berganidir. Bir qarashda bu shunchaki voqeadek tuyulishi mumkin. Biroq o‘zi rahbarlik qilayotgan hududdagi ahvolni, yechimini kutayotgan muammolarni, odamlarning kayfiyatini aniqlash va o‘rganish har bir mansabdor zimmasidagi mas’uliyat ekanligini anglash qiyin emas. 

Yana bir gap. Amalparastlik kishini ne-ne g‘avg‘olarga ro‘baro‘ qilmaydi hayotda. Ayniqsa, egallab turgan lavozimiga bog‘lanib qolish, undan ajralishni jiddiy fojiadek qabul qilish juda xunuk, shu bilan birga kulgili holat. Biroq oramizda so‘nggi nafasigacha mansabida qolishni istovchi, “sadoqatli” kimsalar ham yo‘q emasligini Shavqiddin Amirovich misolida tanqid qilgan Furqat Alimardon.

“Yuragi avvaliga qattiq-qattiq urdi, keyin sancha boshladi. Bu safar avvalgilarga qaraganda ancha kuchli sanchardi. Suv ichmoqchi bo‘lib stakanga qo‘lini cho‘zgan edi, yetmadi. Sanchiq kuchli og‘riqqa aylandi, bir marta qattiq silkinib olgan Shavqiddin boshini stolga sekin qo‘ydi...

Asr namozi paytida yoniga odam kelganini aytish uchun kirgan kotiba Shavqiddinning ko‘zi bir nuqtaga tikilgancha qotib qolganini ko‘rdi... 

Ko‘pchilik bashorat qilib yurganidek, Shavqiddin Amirovich ishxonasida, kursisida o‘tirib jon berdi”.

Bundan tashqari, kitobdan bir nechta hikoyalar ham o‘rin olganki, ular misolida ham yozuvchi kitobxonni mushohadaga chorlaydi. Ayniqsa, “Og‘riq” hikoyasida o‘zbek tilining sofligini asrash, farzandlarimizni ona tilimizga hurmat va muhabbat ruhida tarbiyalash vazifasi barchani ogoh etadi. “Men” hikoyasida esa inson hamisha o‘zini taftish qilib turishi shartligini ilgari suradi muallif. “O‘tmagan kunlar”, “Suluk”, “Devorning qulog‘i” va boshqa hikoyalardan ham o‘zi uchun muhim hayotiy saboqlar oladi o‘quvchi. 

Fursatdan foydalanib, muallifga ijodiy muvaffaqiyatlar tilayman. Rol aktyorga, asar esa yozuvchi uchun o‘z bolasidek gap. Shu ma’noda aytganda, Furqat Alimardonning “Pichirlangan sirlar” va “Qorakuya” singari “bolalari” ko‘payaversin.

Xurshid SULTONOV,

jurnalist

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi kitob: “Qorakuya”