Apple'ning uch yillik rejasi Apple yaqin uch yil ichida iPhone liniyasida katta o‘zgarishlarni rejalashtirgan. Bu o‘zgarishlar siz kutganingizdan ham jiddiyroq bo‘ladi. Bu yil sentyabr oyida iPhone 17 Air taqdim etiladi.U iPhone 16 Plusning o‘rnini egallaydi, lekin ancha yupqa va yengil bo‘ladi.
Orqa tomonda faqat bitta kamera bo‘ladi, batareya esa kichikroq.Eng katta farqi – bu iPhone'da jismoniy SIM yo‘q, faqat eSIM ishlatiladi. Shuningdek, Apple o‘zining ishlab chiqargan yangi modemini ham shu modelga o‘rnatadi. Keyingi yil, ya’ni 2026-da, Apple ilk bor bukiladigan iPhoneni chiqaradi.
Unda to‘rtta kamera, tashqi va ichki ekranlar, hamda bukilish joyi ko‘rinmaydigan yangi displey texnologiyasi bo‘ladi. Yana bir yangilik – bu modelda Applening C2 nomli yangi modemi ishlatiladi.
2027 yil iPhone brendi uchun 20 yillik yubiley. Shu munosabat bilan Apple tarixidagi eng katta dizayn o‘zgarishini amalga oshiradi.
iPhone 20 – bu egri oynali, futuristik korpusga ega, butunlay yangilangan model bo‘ladi. Bu – iPhone Xdan keyingi eng katta burilish bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Applening yillik tadbiri 9 sentyabr kuni o‘tkaziladi. Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da boshlanadi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/r4O_3M7iOUo?si=-YszuWBIm9O-FQj5" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Madinabonu Nasriyeva, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA