Prezident topshirig‘i amalda

Prezidentimiz raisligida 16 yanvar kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida investitsiyalarni keng jalb etish va eksport hajmini oshirish borasidagi ishlar natijadorligi hamda kelgusidagi asosiy vazifalar yuzasidan muhokamalarga keng o‘rin berildi. 

Xususan, investitsiyaning samaradorligini oshirish hudud va tarmoq rahbarlarining asosiy vazifasi bo‘lishi kerakligi ta’kidlangan edi. Bu borada Toshkent viloyatida yaxshi natijalarga erishayotgan Yuqori Chirchiq tumanining o‘z tajribasi shakllantirilgan. 

Tahlillarga ko‘ra, hududda 2024 yilda 110,0 million dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar o‘zlashtirilishi rejalashtirilgan bo‘lsa, amalda bu ko‘rsatkich 15 ta korxona tomonidan 104,8 foizga bajarildi. O‘z navbatida 93 million 116 ming dollarlik sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti amalga oshirildi. 

Joylardagi 8 ta yangi korxonalar eksport faoliyatiga jalb etilishi tufayli tuman bo‘yicha ularning soni 80 taga yetdi. Hududiy investitsiya dasturlari doirasida 752,6 milliard so‘mlik 37 ta loyihalar amalga oshirilishi natijasida 1 ming 514 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Ayniqsa, tumanda eksportyor korxonalar tomonidan yirik issiqxona tarmoqlarida sabzavot mahsulotlari va ko‘katlar yetishtirish ancha rivojlandi. 

Jumladan, “Qo‘rsoy” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi “GREEN PLANET EXPORT” MCHJ tomonidan kooperatsiya usulida tashkil etilgan issiqxonada tadbirkor tomonidan 6 gektar yer maydonida eksportbop turli ko‘katlar yetishtirish yo‘lga qo‘yilgan va 50 dan ziyod fuqarolar ish bilan ta’minlagan. 

[gallery-21383]

Bu yerda yetishtirilgan ko‘katlarni Rossiya davlatiga 5 million dollar qiymatida eksport qilish bo‘yicha shartnomamiz bor, – deydi korxona ta’sischilaridan biri Gulruh Muhammadxonova. – O‘tgan yil sentyabr oyida ko‘katlarning urug‘larini ekkan bo‘lsak, qishda 50 kunda, bahor faslida esa har 30 kunda mahsulot yig‘ishtiramiz. Muhimi, ko‘katlar sovuqqa chidamli. Shu sababli biz Koreya texnologiyasini amalda qo‘llab, issiqxonalarga maxsus isitish tizimi o‘rnatmaganmiz. O‘simliklar suv tejovchi texnologiyalar asosida sug‘oriladi. 

Bundan tashqari, “Birlik” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan “Toshkent logistics” MCHJning 7 gektar maydonda issiqxona bor. Mazkur loyiha bo‘yicha 2021 yildan 945 dollar mablag‘ ajratilishi tufayli issiqxonamizning birinchi blogi ishga tushirilgan. Keyingi yillar davomida bu jarayonlar yana ham tezlashdi. 

– Hozirda bizga ajratilgan kredit mablag‘larining 30 foizini qopladik, – deydi korxona bosh hisobchisi Rustam Shomurodov. – Ayni paytda 80 nafar ishchi mehnat qiladi. Avvallari talabga qarab gulchilik bilan ham shug‘ullanganmiz. Bugungi kunda esa pomidor yetishtiryapmiz. Mahsulotlarimiz ichki bozorga va xorij davlatlariga ham yetkazib berilmoqda. Xususan, o‘tgan yil davomida 80 tonna pomidorni savdoga chiqardik. Ichki bozorda mahsulotimiz bir kilogrammi uchun narxi 14 mingdan 21 ming so‘mgacha baholangan. Joriy yil mahsulotlarimiz hajmini yanada oshirish va qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratishni maqsad qilganmiz. 

Yuqori Chirchiq tumani hokimi o‘rinbosari Ulug‘bek Po‘latovning ta’kidlashicha, 2025 yilda hududiy investitsiya dasturiga 21 ta korxona kiritilgan, ularning umumiy loyiha qiymati 1 trillion 623 milliard so‘mni tashkil etadi. 

A.Musayev, A.Alijonov (surat), O‘zA.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi investitsiya loyihalari ko‘paymoqda