Munosabat

Joriy yilning 16 yanvar kuni Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida investitsiyalarni keng jalb etish va eksportni oshirish borasidagi ishlar natijadorligi hamda kelgusidagi asosiy vazifalar muhokama qilinganligi mamlakatimiz iqtisodiyotining o‘sishini ta’minlashga, yangi imkoniyatlar yaratishga, shuningdek, xalqaro bozordagi raqobatbardoshlikni oshirishga qaratilgan muhim qadamdir.  

Yig‘ilishda davlat rahbari iqtisodiy o‘sishning yangi manbalari sifatida sanoatning raqobatbardoshligini oshirish, eksportni diversifikatsiya qilish, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratish muhimligini ta’kidladi. Ushbu maqsadga erishish uchun investorlar bilan konstruktiv muloqotni yo‘lga qo‘yish, yangi texnologiyalar va ilg‘or tajribalarni jalb qilish, eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish talab etilmoqda.  

Ushbu yo‘nalishdagi tashabbuslar negizida O‘zbekistonning global iqtisodiy jarayonlarda o‘rnini mustahkamlashga qaratilgan aniq strategiyalarni ko‘zda tutadi. Investitsiyalarni jalb qilish va eksportni oshirishning strategik yo‘nalishlari nafaqat iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish, balki mamlakatimizda yangi ish o‘rinlari yaratish, ishlab chiqarish salohiyatini oshirish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy sarmoyalarni jalb etish imkoniyatlarini yaratishga xizmat qiladi.  

Investitsiyalarni jalb etish va eksportni oshirishning yana bir muhim jihati O‘zbekistonning xalqaro savdo munosabatlaridagi ishtirokini kengaytirishdir. Mamlakatimizning iqtisodiy salohiyati va resurslari xalqaro bozorlarda raqobat qilish uchun yetarli. Shuning uchun tashqi savdo sohasidagi samaradorlikni oshirish, yangi savdo yo‘nalishlarini ochish va eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqarish hamda ularni eksport qilishga qaratilgan islohotlarni amalga oshirish zarur. Bu borada eksportni yangi tovarlar va xizmatlar bilan diversifikatsiya qilish, yangi bozorlarga kirish va xalqaro savdodagi o‘rnini mustahkamlash mamlakatimiz iqtisodiyotini yanada barqarorlashtirishga ko‘maklashadi.  

Hozirgi kundagi asosiy vazifalardan biri yangi investitsiya loyihalariga qo‘yiladigan talablarni belgilash, tadbirkorlar uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish va davlat boshqaruvi tizimini modernizatsiya qilishdir. Bu har bir fuqaro va ishbilarmonlar uchun yangi ish o‘rinlari, zamonaviy texnologiyalar va yangi savdo yo‘nalishlari muhim.  

Prezidentimizning investitsiyalarni keng jalb etish va eksportni oshirishga qaratgan strategik tashabbusi O‘zbekiston iqtisodiyotining yangi bosqichga ko‘tarilishini ta’minlaydi. Bu jarayonda fuqarolar va tadbirkorlar o‘rtasidagi, xalqaro hamkorlik va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash muhim ahamiyatga ega.  

Odiljon Mamatkarimov,  

Oliy Majlis Senati a’zosi.  

O‘zA.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi imkoniyatlar davri