Xuddi shu shior ostida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yillik bayrami munosabati bilan Jizzax viloyatining barcha shahar va tumanlari, qishloq va mahalla fuqarolar yig‘inlarida “Ma’naviyat festivali” doirasida bayram tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.

Jumladan, Mirzacho‘l tumanida ushbu “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida bo‘lib o‘tgan konsert dasturida poytaxtdan kelgan taniqli xushovoz san’atkor Botir Qodirov eng sara qo‘shiqlari bilan ishtirok etib, yig‘ilganlarga xush kayfiyat ulashdi. Tumanda faoliyat yuritayotgan qozoq milliy madaniy markazi qoshida tashkil etilgan havaskor san’atkorlar hamda 13-sonli bolalar musiqa va san’at maktabining ijrochi yoshlari va raqqosalarining bayram chiqishlari yig‘ilganlarni befarq qoldirmadi. Bolalar-o‘smirlar sport maktabida tarbiyalanuvchi sportchi yoshlarning sahnaviy chiqishlari esa tomoshabinlarning diqqat markazida bo‘ldi.  

Mustaqillik bayrami sharafiga tashkil qilingan mushakbozlik ayniqsa, tadbir yakunida tomoshabinlarga bayramona kayfiyat bag‘ishladi.  

Tumandagi Gagarin sog‘lomlashtirish sihatgohida Mustaqilligimizning 32 yilligi munosabati bilan “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun” shiori ostidagi “Ma’naviyat festivali” doirasida bayram tadbirlari o‘tkazildi.  

Mirzacho‘l tumanining eng olis, Qozog‘iston Respublikasi bilan chegaradosh hududidagi “Yangidala” qishloq fuqarolar yig‘inida mamlakatimiz Mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun” shiori ostida o‘tgan bayram tadbiri ishtirokchilarda chuqur taassurot qoldirdi.  

***  

Sharof Rashidov tumani markaziy o‘yingohida “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun” shiori ostida Mustaqilligimizning qutlug‘ 32 yillik bayramiga bag‘ishlangan tumanning bayram tadbir bo‘lib o‘tdi.  

Tadbirda tuman hokimi Mahmud Xolbo‘tayev so‘zga chiqib, Mustaqilligimizning qutlug‘ 32 yillik bayrami bilan tuman aholisini samimiy muborakbod etdi.  

Bayram tadbirida poytaxtdan kelgan taniqli xonanda Sevinch Ismoilovaning har bir chiqishlari ishtirokchilarga juda katta quvonch, bayramona kayfiyat ulashdi. Tuman madaniyat uyi havaskor san’atkorlari, ijrochi yoshlar, folklor etnografik xalq ansambli tomonidan ijro etilgan kuy, qo‘shiq, aytishuv, lapar va qadimiy milliy raqslar hamda sportchi va harbiylarning ko‘rgazmali chiqishlari ishtirokchilarga yanada zavq va xursandchilik bag‘ishladi.  

***  

Respublika targ‘ibot guruhi a’zolari  respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Paxtakor tuman bo‘linmasi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan “n” harbiy qismda “Ma’naviyat festivali” doirasida “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun” shiori ostida “Ma’rifat soati” bo‘lib o‘tdi.  

Unda falsafa fanlari doktori, shoira Shahlo Ahrorova, O‘zbekiston xalq artisti Zamira Suyunova hamda taniqli kinoaktrisa Oygul Abdurahmonovalar ishtirok etib, tadbir ishtirokchilarini kirib kelayotgan Mustaqilligimizning 32 yilligi munosabati bilan muborakbod etdi.  

Tadbir davomida targ‘ibot guruhi a’zolari tomonidan yangragan, she’r, qo‘shiq va monologlar barchaga manzur bo‘ldi.  

***  

“Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun” shiori ostidagi “Ma’naviyat festivali” doirasida “Mening kutubxonam” mavzusida Paxtakor tumanidagi axborot-kutubxona markazida ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.  

Tadbirda Respublika targ‘ibot guruhi a’zolari  Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Paxtakor tuman bo‘linmasi hamkorligida she’riyat va kitobga oshno bo‘lgan tuman yoshlariga o‘zlarining muhim tavsiyalarini berib o‘tdi hamda o‘quvchi-yoshlar o‘zlari yozgan she’rlaridan namunalar o‘qib berdi.  

***  

Yoshlar ishlari agentligi va mudofaa ishlari G‘allaorol tuman bo‘limlari hamkorligida “Lalmikor”, “Yashnaobod”, “Marjonbuloq” va “O‘zbekiston” MFYlari yoshlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligiga bag‘ishlab “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” ezgu g‘oyasini o‘zida mujassam etgan “Yoshlar festivali” o‘tkazildi.  

Tadbirda harbiylarning ko‘rgazmali chiqishlari hamda mahalliy san’atkorlarning kuy-qo‘shiq va raqslari ishtirokchilarga bayramona kayfiyat ulashdi.  

***  

Mustaqilligimizning 32 yilligi tantanalari munosabati bilan “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun” shiori ostida Do‘stlik tumanida tashkil etilgan “Ma’naviyat festivali” ko‘tarinki ruh va xush kayfiyatda o‘tdi.  

Mazkur festival doirasida dastlab, Do‘stlik shahrida “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etilgan bo‘lsa, tumandagi “Mikrosanoat va xizmat ko‘rsatish markazi”dagi tikuv sexi tikuvchi qizlar uchun “Ma’rifat soati”  tashkil etildi.  

Ushbu tadbirlarda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Axtamqul Karimov, O‘zbekiston Kino arboblari ijodiy uyushmasi a’zosi Barno Qodirova, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Elmurod Nasrullayev, xonanda Umid Shahobovlar ishtirok etdi.  

Mamlakatimiz Mustaqilligining 32 yilligiga bag‘ishlab “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun” shiori ostidagi targ‘ibot tadbirlari Jizzax viloyatining barcha shahar, tuman, qishloq, mahalla, tashkilot va muassasalarida qizg‘in davom etmoqda.  

A.QAYUMOV, J.YORBEKOV (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!”