Yangi davr oliy diplomatiyasi
Davlatlar örtasidagi işonç va hamkorlikni mustahkamlaş – taşqi siyosatning ustuvor yönalişi. ÖzA uşbu rukn orqali hafta davomida ötkazilgan oliy darajadagi diplomatik muloqotlar tafsilotini taqdim etadi.

Özbekiston – Sloveniya
Antaliya şahrida bölib ötayotgan Jahon iqlim sammiti doirasida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Sloveniya Prezidenti Nataşa Pirs Musar bilan uçraşdi. Uçraşuvda ikki davlat örtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamkorlikni kengaytiriş, transport, farmatsevtika, şaharsozlik va muhim mineral resurslar sohalaridagi aloqalarni rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi. Şuningdek, madaniy va turistik almaşinuvni kengaytiriş hamda Yevropa Ittifoqi doirasidagi hamkorlikni mustahkamlaşga kelişib olindi.

KXŞT – Xalqaro va mintaqaviy xavfsizlik
Moskva şahrida bölib ötgan Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkiloti (KXŞT) kengaşining navbatdagi yiğilişida Qozoğiston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukaşenko, Qirğiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon hamda KXŞT Boş kotibi Talatbek Masodiqov iştirok etdi. Yiğilişda taşkilot doirasidagi hamkorlik natijasi, 2026-yil amalga oşirilgan işlar va kelgusi ustuvor vazifalar muhokama qilindi. Şuningdek, xalqaro va mintaqaviy xavfsizlik, terrorizm va giyohvandlik moddalari noqonuniy aylanişiga qarşi kuraşiş hamda axborot xavfsizligini taʼminlaş masalalari körib çiqildi.

Turkiya – Eron
Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdoğan va Eron Prezidenti Masʼud Pezeşkiyon Antaliya şahrida ötayotgan COP31 iqlim sammiti doirasida uçraşuv ötkazdi. Uçraşuvda ikki tomonlama munosabat, mintaqaviy va xalqaro masalalar muhokama qilindi. Erdoğan Eron va AQŞ örtasidagi uruşni zudlik bilan töxtatiş, barqarorlikka erişiş yölida diplomatik saʼy-harakatga imkoniyat beriş zarurligini taʼkidladi. Şuningdek, mintaqadagi qardoş davlatlar bilan birga tinçlikni taʼminlaş borasidagi saʼy-harakatni qöllab-quvvatlaşda davom etişini bildirdi.

Özbekiston – Finlyandiya
Antaliya şahrida COP31 doirasida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Finlyandiya Prezidenti Aleksandr Stubb bilan uçraşdi. Muzokarada ötgan yil Finlyandiya yetakçisining yurtimizga rasmiy taşrifi davomida erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş, savdo-iqtisodiy aloqani kengaytiriş hamda metallurgiya, energetika va geologiya sohalaridagi qöşma loyihalarni jadallaştiriş masalalari muhokama qilindi. Şuningdek, atrof-muhitni muhofaza qiliş, suv resurslaridan oqilona foydalaniş, 2027-yil boşida Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yiğilişi va biznes-forum ötkazişga kelişib olindi. Tomonlar dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan ham fikr almaşdilar.
Fardona Yaxşiboyeva, ÖzA