Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi bog‘ va uzumzorlar barpo etuvchilarga 3 yillik imtiyozli va past foizdagi kreditlar beriladi

Yurtimizda bog‘dorchilikning eng muhim tarmoqlaridan biri uzumchilik sanaladi. Chunki uzumchilik sermahsul, serdaromad soha.

Uzumning sanoatbop navlarini ko‘paytirish, qayta ishlash, sohaga ilm-fan yutuqlarini keng joriy etish, eksport salohiyatini oshirish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, yangi bog‘ va uzumzorlar barpo etuvchilarga 18 foiz stavkada 7 yillik kredit beriladi, shundan 3 yili imtiyozli davrdir.  

Qayd etilishicha, kredit bosqichma-bosqich ravishda yer tayyorlash (10%), ko‘chat va ekish (40%), sug‘orish tizimi (30%) va parvarish (20%) uchun ajratiladi. 1 gektarga eng ko‘pi bilan BHMning 500 baravaricha kredit berilishi ko‘zda tutilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, uzum maydonlari bo‘yicha Ispaniya, Fransiya, Xitoy, Italiya, Turkiya yetakchi 5 mamlakat qatoridan o‘rin olgan. O‘zbekiston 181 ming gektar uzum maydonlari bilan 7-o‘rinni egallagan. Hosildorlik bo‘yicha esa Hindiston, Xitoy, AQSH, JAR, O‘zbekiston yetakchi hisoblanadi.

Uzumchilikni rivojlantirish uchun mamlakatimizda yetarli salohiyat mavjud.

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA