Yangi Axsidan noyob Damashq qilichi topildi
Axsikent yodgorligi – qadimiy shahar xarobasi Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidagi Shahand qishlog‘i hududida, Sirdaryoning o‘ng sohilida joylashgan.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ko‘rsatmasi asosida Axsikentning haqqoniy tarixini o‘rganish, mazkur hududni turizm makoniga aylantirish yuzasidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Olib borilgan tadqiqotlar asosida bu yerda turli davrlarga oid ikkita shahar bo‘lganligini, ulardan biri qadimgi Axsikat va ikkinchisi Bobur tug‘ilgan Axsi ekanligi isbotlangan. Uning xarobalari mahalliy xalq orasida Yangi Axsi toponimi bilan atalib, hozirda uning ozroq qismi Yakka yigit qishlog‘i tagida saqlangan.
[gallery-336]
Hozirda qadimgi shahar xarobalarida qazishma ishlari olib borilmoqda.
Avvalroq saytimiz orqali Yangi Axsida to‘planayotgan yuzlab topilmalar qatoriga po‘lat xanjar hamda “Oyatal kursi” bitilgan mis piyola qo‘shilgani haqida xabar bergan edik.
Navbatdagi topilma noyob Damashq qilichi Axsi osori-atiqalar muzeyiga 510-eksponat sifatida ro‘yxatga kiritildi. Ta’kidlash kerak, Axsikentda tayyorlangan qurollar “Damashq qilichlari” nomi bilan dunyoga mashhur bo‘lib, G‘arbda Damashq, Sharqda Xitoy bozorlarida sotilgan.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA