1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni

Jizzax viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining tashabbusi bilan tashkil etilgan seminar-trengda viloyatdagi barcha umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf metod birlashma rahbarlari, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, o‘quvchilar, ota-onalarining vakillari ishtirok etdi.  

“Yangi avlod darsliklarining afzalliklari – amaliyotchi pedagoglar muhokamasida” mavzusidagi seminar-treng Jizzax shahridagi 22-sonli aniq fanlarga ixtisoslashgan umumta’lim maktabida o‘tkazildi.

Yangi o‘quv yilidan boshlab barcha 1-4-sinf o‘quvchilari yangi avlod darsliklari asosida tahsil olishi nazarda tutilgan bo‘lib, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining 770 nomdagi darsliklari 70 milliondan ortiq  nusxada chop etildi. Ana shu o‘quv adabiyotlaridan Jizzax viloyatidagi 1-4 sinf o‘quvchilari uchun 1 million 371 ming 937 nusxadagi darslik olib kelinib, shundan 1 million 303 ming 411 nusxadagisi shahar va tumanlardagi umumta’lim maktablariga tarqatilgan. 68 ming 562 nusxadagi darsliklar esa viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi zaxirasiga olingan.    

Seminarda davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan joriy etilgan yangi avlod darsliklarining yaratilish jarayoni, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari yangi avlod darsliklaridan saboq berishda o‘quvchilarning mukammal bilim olishi uchun asosiy e’tiborni nimalarga qaratishi lozimligi, har bir o‘quvchi bilan individual ishlash talab etilishi va bu bilan bugungi boshlang‘ich sinflarda tahsil beruvchi ustoz va muallimlarga juda katta mas’uliyat yuklangani alohida ta’kidlandi.  

Tadbir davomida umumta’lim maktablari o‘quvchilari, ayniqsa, boshlang‘ich sinfda tahsil oluvchi o‘g‘il-qizlarimizning o‘quv qurollari bo‘yicha ham atroflicha so‘z yuritilib, xuddi o‘tgan yildagidek, joriy o‘quv yilida ham o‘quvchilar uchun darsliklar bepul tarzda ijaraga berilishi, o‘quvchilarning ota-onalari tomonidan hech qanday ijara to‘lovlari amalga oshirilmasligi, darsliklar uchun to‘lovlar davlat byudjetidan qoplanishi, maktab va ota-onalar hamkorligiga jiddiy e’tibor qaratish talab etilishi alohida qayd etib o‘tildi.

Seminarda qatnashgan ayrim ishtirokchilarning fikrlari bilan qiziqdik:

Nilufar Eshonqulova, Sharof Rashidov tumanidagi 5-sonli umumta’lim maktabi tarix fani o‘qituvchisi:

– Qizim shahardagi 22-sonli umumta’lim maktabining 4-sinfini tamomlab, Jizzaxdagi Prezident maktabiga o‘qishga kirdi. U nazoratim ostida boshlang‘ich sinfda o‘tiladigan barcha fanlarni, ayniqsa, matematikani juda yaxshi o‘zlashtirib olgan va bunda mazkur maktabdagi ustozlarining xizmatlari katta bo‘lganini alohida e’tirof etishim lozim.Lekin u tanqidiy va mantiqiy fikrlashda biroz qiynalgani sababli mutaxassisga murojaat qilib, bu borada qo‘shimcha saboqlar tashkil etishga majbur bo‘ldik. Buning samarasida u Prezident maktabiga kirish test-imtihonlaridan 76 ball to‘plab, 12-o‘rinda o‘qishga kirdi. Kichik qizim esa yangi o‘quv yilidan boshlab, mana shu 22-sonli maktabga o‘qishga qabul qilindi. Mamlakatimizda joriy o‘quv yilidan boshlab boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga saboq berilayotgan yangi avlod darsliklarini o‘qituvchi va, albatta, ota-ona sifatida birma-bir o‘rganib chiqqanimizda murakkablik darajasi borligini, lekin o‘quvchining tanqidiy va tahliliy fikr yuritishiga katta e’tibor qaratilganini ko‘rdik. Endi kichik qizim ushbu yangi avlod darsliklarida tajribali ustozlaridan yangi talablar asosida ta’lim olmoqda. Umid qilamanki, boshlang‘ich sinfni bitirgach, uning bilim saviyasi xalqaro talablar darajasida bo‘ladi.

Yangi avlod darsliklari xalqaro ta’lim standartlari asosida yaratilgan bo‘lib, har bir darslikni ochib ko‘rar ekanmiz, unda o‘quvchilarni tanqidiy- tahliliy fikrlashga, o‘zlarini erkin tutishga undaydigan, hayotda duch keladigan muammolar, voqealar yoki hikoyalar yozilganiga duch kelamiz. To‘g‘risi, yangilangan darsliklar bilan o‘quvchilarga mazza qilib dars o‘tayapman. Endi yangi avlod darsliklari orqali o‘quvchilarimiz Prezident maktablarida saboq olayotgan o‘g‘il-qizlardek tanqidiy-tahliliy fikrlashni o‘zlashtirib oladi.

[gallery-13731]

Zamira Abdusalomova, umumta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi:

Bugun bo‘lib o‘tayotgan smenar-treng 1-sinfdan 4-sinfgacha bo‘lgan har bir fan bo‘yicha juda ham qiziqarli o‘tilmoqda. Ushbu tadbirda yangi avlod darsliklarning qanday yaratilganligi va saboqlarni o‘tish tartibi haqida ham atroflicha tushunchalar berildi. Mazkur seminar-trengdan o‘zimizga ko‘p narsalarni oldik. Endi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi o‘zi ustida yanada mukammalroq ishlashi, izlanishi kerakligi, o‘quvchilarga mukammal bilim berish uchun avvalo o‘zimiz bunga tayyor bo‘lishimiz lozimligini to‘laligicha anglab yetdik.  

<iframe width="640" height="360" src="https://www.youtube.com/embed/ZJUL9tD92wo" title="1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Seminarda boshqa ishtirokchilar tomonidan ham yangi avlod darsliklarining afzalliklari, bu darsliklarning o‘quvchilar mantiqiy fikrlashi va amaliy ko‘nikmalari rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etishi  alohida ta’kidlab o‘tildi.

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat,video),  

O‘zA muxbirlari.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi avlod darsliklari amaliyotchi pedagoglar muhokamasida