Yangi Andijonda qurilish ishlari avjida
FOTOREPORTAJ
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyati aholisining uy-joyga bo‘lgan ehtiyojidan kelib chiqib, Andijon tumanidagi adirliklarda yangi shahar qurish tashabbusini ilgari surgan edi.
440 mingga yaqin aholi yashashi mumkin bo‘lgan Yangi Andijon shahri qurilishiga o‘tgan yili iyun oyida tamal toshi qo‘yildi. Ayni kunlarda yangi shaharning birinchi bosqich doirasidagi qurilish ishlari jadal olib borilmoqda.
[gallery-6357]
Umumiy maydoni 4 ming gektarni tashkil etadigan shaharning 1 ming 144 gektar maydonida turar joylar qad rostlaydi. Shuningdek, 215 gektar maydonda savdo, 240 gektarda xizmat ko‘rsatish, 76 gektarda sanoat korxonalari, 1 ming 942 gektar maydonda yashil hududlar barpo etiladi.
Yangi shahar loyihasi 8 bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda 3 ming 310 xonadonli 170 ta ko‘p qavatli uy-joy, 1 ming 680 o‘rinli maktab, 385 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkiloti, 200 qatnovli poliklinika quriladi. Shuningdek, hududda keng ko‘lamli obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari bajariladi.
Zuhriddin UMURZOQOV (surat),O‘zA