Yerga oid qonun buzilishlarining oldini olish va mavjud holatlarni bartaraf etish maqsadida shu kunlarda yurtimizda Kadastr agentligi tomonidan dolzarb 40 kunlik o‘tkazilmoqda.

Xo‘sh, buning boisi nima, bundan qanday maqsad ko‘zlangan?

– O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqni e’tirof etish masalasida yangi qonun chiqayotgani haqida xabarlar tarqalgach, ayrim shaxslar “harakat”ga tushib qoldi, – deydi Kadastr agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i Fozil Xudoyqulov. – Ya’ni “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan qabul qilinib, Senatga yuborildi. Demoqchimanki, hali jarayon davom etmoqda va qonun kuchga kirgan emas. Ammo yangi qabul qilinayotgan qonun ba’zi insonlar tomonidan noto‘g‘ri talqin qilinmoqda. Ular “qurilishi mavjud bo‘lsa, egalik huquqi e’tirof etilar ekan”, degan fikrga borib, bo‘sh turgan yerlarga imorat qurib olishgacha boryapti. Vaholanki qabul qilinishi kutilayotgan qonunda 8 yo‘nalishdagi holatlar ko‘rib chiqilishi nazarda tutilgan va bu holatlarning barchasida ham huquq e’tirof etilmaydi. Qonunda kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish emas, balki huquqni belgilovchi hujjatlari bo‘lmagan yer va binolarga huquqni e’tirof etish masalasi ko‘tarilgan. Shuningdek, unda tadbirkorlik subyektlari tomonidan o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlar emas, balki tadbirkorlik subyektlariga tuman hokimliklari tomonidan yer ajratilib, viloyat darajasida tasdiqlanmagan hamda tadbirkorlik subyektlari kichik sanoat zonalariga joylashtirilib, hokim qarori chiqarilmay qolgan holatlar ko‘rib chiqiladi.

Qonunda 2018-yil 1-mayga qadar qurilgan obyektlar masalasi ko‘rib chiqilishi belgilanmoqda. Agar qurilma ushbu davrdan keyin o‘zboshimchalik bilan qurilgan bo‘lsa, bunday imoratlar belgilangan tartibda bartaraf etiladi hamda yerni o‘zboshimchalik bilan egallab olgan shaxslarga nisbatan ma’muriy va jinoiy javobgarlik qo‘llaniladi.  

Yerga egalik huquqini berish ma’lum davrlar asosida, yer yoki imoratning o‘tgan yillardagi holatini kosmik suratlar yordamida solishtirish orqali amalga oshiriladi. Ya’ni yaqin yillarda yerni noqonuniy egallab, uy solgan fuqarolar tizimni alday olmaydi.  Buni aniqlash uchun mutaxassislarimiz viloyatdagi avvaldan fuqarolar foydalanishida bo‘lgan, ammo yakka tartibdagi uy-joyga egalik qilish huquqini tasdiqlovchi va kadastr hujjatiga ega bo‘lmagan 583 ming 540 ta davlat ro‘yxatidan o‘tmagan obyektga tegishli ma’lumotlarni o‘rganib chiqdi. Natijada viloyatimizda huquqiy hujjati mavjud bo‘lmagan uy-joylar 438 ming 815 ta (75 foiz)ni tashkil etishi aniqlandi. Tegishli hujjatlari mavjudligi aniqlangan 90 mingga yaqin obyekt davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Boshqa obyekt (bo‘sh yer, dala hovli yoki barak)lar 44 ming 502 ta (8 foiz)ni tashkil etmoqda.  

Ma’lumotlarga ko‘ra, kadastr agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi va uning tuman, shahar bo‘limlari tomonidan joriy yilning birinchi choragi davomida o‘tkazilgan o‘rganish ishlarida 654 ta holatda 192,74 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi va boshqa qonunbuzilish holatlari aniqlangan. Qonunbuzarlarga berilgan tushuntirish va yozma ko‘rsatmalardan keyin 228 ta holatda qonunbuzilishi ixtiyoriy bartaraf etilib, 53,53 gektar yer dastlabki holatiga qaytarilgan. Belgilangan muddatlarda ixtiyoriy bartaraf etilmagan 222 ta qonunbuzilish holati yuzasidan sud idoralariga da’vo arizalari kiritilib, 79 ta holatda 9,2 gektar yer maydonidagi qonunbuzilishi to‘g‘risida prokuratura organlariga ma’lumotlar taqdim etilgan. Shu bilan birga, 321 ta ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 229(1)-moddasi 2-qismiga ko‘ra, sug‘oriladigan yer uchastkalarini ularda qurilish ishlarini amalga oshirgan holda o‘zboshimchalik bilan egallab olish bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.  

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 911-moddasi bilan o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasiga, shuningdek, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan, qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer uchastkasida barpo etilgan har qanday bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqini yoki boshqa mulkiy huquqlarni belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi.

O‘z navbatida, o‘zboshimchalik bilan yegallangan yer uchastkalaridagi qurilish obyektlarini suv ta’minoti, oqova suv, elektr, issiqlik energiyasi va gaz tarmoqlariga ulash taqiqlanadi.

G‘.Hasanov,

O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi aksiyada yerga egalik huquqi berishning aniq tartibi bo‘ladi