Taksi agregatorlari xizmatlari bozorida tahlil ishlari yakunlandi.

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan taksi agregatorlari xizmatlari bozorida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijalari e’lon qilindi.

Tahlillar natijasiga ko‘ra, bozor ulushlari va ko‘rsatilgan xizmatlari yuzasidan faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar ichida eng katta bozor ulushi ya’ni 86,3 foizi "Yandex Go"  platformasi hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.  Bu ulush bilan mazkur xizmat O‘zbekistonda ustun mavqeni egallaydi. 

Endi u ustun mavqeni egallab turgan sub’ektlar reyestriga kiritilishi va monopol narxlardan foydalanishning oldini olish bo‘yicha harakatlarni nazorat qilishi kerak.

Qo‘mita bozordagi raqobat muhitini o‘rganishni joriy yilning ikkinchi choragida taksi agregatorlari 2022 yil uchun hisobotlarni topshirgandan so‘ng boshladi. Bundan tashqari, o‘rganish davomiyligiga hududlarda ushbu sohani rivojlantirishning turli darajalari va o‘ziga xos jihatlari, shuningdek, kuchga kirgan «Raqobat to‘g‘risida»gi yangi qonun va raqobatchilarning ustun mavqeini aniqlash mezonlari o‘zgargani ta’sir ko‘rsatdi.

Tadqiqot nafaqat ilovalar yoki veb-saytlar orqali, balki telefon qo‘ng‘iroqlari orqali ham xizmat ko‘rsatadigan taksi xizmatlarini qamrab oldi. Xususan, O‘zbekistonda taksi faoliyati bo‘yicha jami 66 ta korxona faoliyat yuritayotgan bo‘lib, ulardan 58 tasi taksi chaqirish dispetcherlik xizmatlarini ko‘rsatsa, qolgan 8 tasi mobil ilova orqali ishlovchi agregatorlar ekani ma’lum bo‘ldi.

O‘rganishlarda энг katta bozor ulushi, ya’ni 86,3 foizi "Yandex Go"  platformasiga to‘g‘ri kelishi aniqlandi. Qo‘mita xizmat bozorida sanoqli ishtirokchilar jami xizmatning asosiy qismini ko‘rsatayotganini va bu bozordagi holat, jumladan, xizmat narxi va sifatiga bir tomonlama ta’sir ko‘rsatish xavfi mavjudligini ta’kidladi.

Ma’lumot uchun: ustun mavqe — tovar yoki moliya bozorida xo‘jalik yurituvchi sub’ektning yoxud shaxslar guruhining raqobatlashuvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga bog‘liq bo‘lmagan holda unga o‘z faoliyatini amalga oshirish va raqobatning holatiga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatish, tegishli bozorga boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning kirishini qiyinlashtirish yoxud ularning iqtisodiy faoliyat erkinligini boshqacha tarzda cheklash imkoniyatini beradigan holat. Agar kompaniya yoki shaxslar guruhining bozor ulushi 40 foiz va undan yuqori bo‘lsa, shuningdek, boshqa holatlarda tovar yoki moliya bozorida ustun mavqe tan olinadi.

Ustun mavqega ega bo‘lgan kompaniya tovar yoki moliya bozorida ustun mavqega ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning davlat reyestriga kiritilishi kerak.

Reyestrga kiritilgan kompaniyalar monopoliyaga qarshi organga monopol yuqori yoki monopol past narxlardan foydalanmaslik bo‘yicha ularning harakatlarini kuzatish uchun har chorakda reyestrga kiritilgan xizmat turi yuzasidan qo‘llaniladigan narxlar to‘g‘risidagi axborotni taqdim etib boradi.

Sh. Mamaturopova, 
O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Yandex Go" taksi xizmatining ustun mavqei tan olindi