Yandex Go fiskal cheklarni taqdim etmoqda
1 dekabrdan boshlab Yandex Go xizmati O‘zbekistonning soliq rezidenti bo‘ldi. Endi ushbu ilova amaldagi qonunchilikda ko‘zda tutilgan hollarda chek taqdim etadi. Yo‘lovchilar yo‘l haqini bank kartalari orqali to‘laganlarida, bu fiskal cheklarni olishlari mumkin.
«Biz uzoq vaqtdan buyon O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatishni mahalliylashtirish va yo‘lovchi tashishni fiskallashtirish masalasi ustida ishlayapmiz. Bu nafaqat biz uchun, balki yo‘lovchi tashish sanoati uchun ham muhim qadamdir. Boshqalar ham bundan o‘rnak oladilar, degan umiddamiz, biz fiskalizatsiya masalalari bo‘yicha tajriba almashishga tayyormiz. Shuningdek, davlat organlari bilan muloqotimizni davom ettirayapmiz va bu sohani birgalikda yanada shaffof qilish niyatidamiz”, - deydi Yandex Go servisining MDH mamlakatlari bo‘yicha rahbari Kirill Svinsov.
Oktyabr oyining boshlarida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasi Yandex Go xizmatiga soliqni ro‘yxatdan o‘tkazish va cheklarni berishni boshlash bo‘yicha so‘rov yuborgan edi. Agar shartlar 1 dekabrga qadar bajarilmasa, idora O‘zbekistonda bu xizmatni bloklashini ma’lum qilgan.
Roman BONDARCHUK tayyorladi, O‘zA