Endilikda Jizzaxda ham Yandex Go xizmati orqali taksi chaqirish imkoniyati paydo bo‘ldi. Bunda yo‘lkira narxi 2500 so‘mdan boshlanadi. Urganch va Xivada ham narxlar xuddi shunday, biroq Gulistonda xizmat haqi ancha yuqori bo‘lib, eng kam yo‘lkira haqi 4 ming so‘mdan boshlanadi.

Taksi xizmati boshqa shaharlardagi kabi ishlaydi. Buning uchun  mobil ilovani yuklab olib, manzilni kiritish va xaritada boradigan joyni belgilash kifoya. Avtomashina qachon kelishi va qayerda to‘xtatishini ilova orqali ko‘rish mumkin. Yo‘lkira haqini  ilovaga ulangan bank kartasi yoki naqd pul ko‘rinishida to‘lash mumkin.  

Ilova Yandex tomonidan ishlab chiqilgan xaritalar, navigatsiya tizimi va buyurtmalarni to‘g‘ri taqsimlash tizimi kabi texnologiyalardan foydalanadi.  

Ushbu xizmat Jizzaxdan tashqari O‘zbekistonning 14 ta shahri, xususan, Toshkent, Namangan, Andijon, Farg‘ona, Marg‘ilon, Qo‘qon, Samarqand, Buxoro, Termiz, Nukus, Qarshi, Urganch, Xiva va  Gulistonda amal qiladi.  

Roman BONDARCHUK tayyorladi, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yandex Go endi Jizzaxda