“Yandeks”ga yetkazilgan zarar ko‘lami ma’lum qilindi
Rossiya Raqamli rivojlanish, kommunikatsiyalar va ommaviy axborot vositalari vazirligi rahbari Maksut Shadayevning so‘zlariga ko‘ra, “Yandeks” ma’lumotlar markazlariga qilingan hujum misli ko‘rilmagan miqyos kasb etgan.
Ayni payt Mudofaa vazirligi bilan birga xavfsizlik masalasi hal qilinmoqda. Sanoatning barcha tarmoqlari vakillari kompaniya sa’y-harakatiga qo‘shilgan.
Rossiyadagi foydalanuvchilar “Yandeks” xizmatidagi uzilishlar haqida xabar berib turibdi.
Muammo “Yandeks Pay” to‘lov xizmati, “Yandeks Meyl” xizmati, “Yandeks Telemost” ilovasi, “Yandeks go”, “Yandeks Pro”, shuningdek,“Apteka.ru” va “Vkusno-i tochka” ilovalariga ta’sir qilgan. “Yandkes” qidiruv tizimi qayta ishga tushirilgan.
S.Rahimov, O‘zA