Yana uchta jahon chempionati oʻtkazilmaydi
Xalqaro konkichilar ittifoqi (ISU) figurali uchish boʻyicha jahon chempionatini joriy yilning oktyabr-dekabr oylari oraligʻida Kanadaning Monreal shahrida oʻtkazishni rejalashtirayotgan edi.
Xalqaro konkichilar ittifoqi (ISU) figurali uchish boʻyicha jahon chempionatini joriy yilning oktyabr-dekabr oylari oraligʻida Kanadaning Monreal shahrida oʻtkazishni rejalashtirayotgan edi.
Biroq yakunda Xalqaro konkichilar ittifoqi figurali uchish boʻyicha jahon chempionatini umuman oʻtkazmaslikka qaror qildi. Bunga koronavirus pandemiyasi sabab boʻldi.
Shuningdek, Seul shahrida short-trek boʻyicha va Leyk-Plesida konkida sinxron uchish boʻyicha jahon birinchiligi boshqa vaqtda oʻtishi kutilayotgan edi. Mazkur chempionatlar ham joriy yilda oʻtkazilmaydigan boʻldi.