Yana bir noqonuniy holatning oldi olindi
Buxoro viloyati bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi tezkor vakillari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.
Natijada oldindan kuzatuvga olingan fuqaro A.F. G‘ijduvon tumanida yashovchi tanishining yashash xonadonida tamaki mahsulotlarini noqonuniy saqlashga uringan chog‘ida to‘xtatib qolindi.
Tadbir jarayonidan chet elda ishlab chiqarilgan, tegishli aksiz markalari bilan markalanmagan va bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tmagan 10 400 quti tamaki mahsulotlari borligi aniqlandi va huquqbuzarlik ashyosi sifatida vaqtincha saqlovga olindi.

Hozir esa bojxona organlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Zarif Komilov, O‘zA muxbiri