Yana bir kurash bayrami nihoyasiga yetdi
Poytaxtimizdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti sport zali ikki kun davomida kurash muxlislari bilan gavjum bo‘ldi.
Chilonzor tumani prokurori sovrini uchun o‘tkazilgan turnirda ikki yuz nafardan ortiq polvon g‘oliblik uchun bellashdi.
Chilonzor tumani prokuraturasi, Toshkent shahar kurash federatsiyasi hamda Chilonzor tuman hokimligi hamkorligida tashkil etilgan ushbu musobaqada 2010-2011 yillarda tug‘ilgan bolalar 30 kg, 36 kg, 44 kg, 2007-2008 yillarda tug‘ilgan o‘smirlar 55 kg, 65 kg, kattalar 73 kg, 90 kg, +90 kg hamda ayollar 63 kg vazn toifalarida g‘oliblik uchun gilamga chiqdi. Unda o‘z vazn toifalarida Akobir Amrulloyev (30 kg.), Ibrohim Jovliyev (36 kg.), Barkamol Toshpo‘latov (44 kg.), Akobir Zoirov (55 kg.), Ramziddin Qayumov (65 kg.), Islom Shernazarov (73 kg.), Ernazar Xurramov (90 kg.), Buxor To‘xtayev (+90 kg.) hamda Malika Qahhorova (63 kg.)lar shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.
[gallery-5846]
G‘olib va sovrindorlarga diplom, medal va sovg‘alarni Toshkent shahar prokurorining birinchi o‘rinbosari Ikrom Narimov, O‘zbekiston kurash federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Komiljon Yusupovlar topshirdi.
Muhammad AMIN, O‘zA