Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining bugun o‘tkazilgan navbatdagi sessiyasida “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, viloyatning bir qator tuman va shaharlarida istiqomat qiluvchi 164 nafar fuqaroning mulk huquqi qonuniy tartibda e’tirof etildi.

Jumladan, belgilangan tartib asosida bulung‘urlik 35 nafar, narpaylik 31 nafar, jomboylik 28 nafar, kattaqo‘rg‘onlik 22 nafar fuqaro o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari va ularda qurilgan uy-joylariga nisbatan mulk huquqiga ega bo‘ldi.  

Ma’lumotlarga ko‘ra, shu paytgacha Samarqand viloyatida 156 ta mahallada 35 ming 500 dan ortiq ko‘chmas mulk ob’ekti xatlov yo‘li bilan texnik inventarizasiyadan o‘tkazilib, elektron xaritalari yaratilgan. 15 mingga yaqin ob’ekt haqidagi ma’lumotlar “E’TIROF” axborot tizimiga kiritilib, vakolatli tashkilotlar muhokamasiga yuborilgan. Xalq deputatlari viloyat Kengashi tomonidan 74 nafar fuqaroning uy-joy va yer uchastkalariga bo‘lgan egalik huquqlari e’tirof etilgan edi. Endi bunday imkoniyatdan foydalanganlar soni 238 nafarga yetdi.

G‘.Hasanov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yana 164 nafar fuqaroning uy-joy va yerga egalik huquqi e’tirof etildi