Yamanda ocharchilik tobora kengaymoqda
Birlashgan Millatlar Tashkilotining insonparvarlik masalalari boʻyicha boshligʻi Yamanning xavfli ocharchilik yoqasida ekanligidan ogohlantirdi. Aholining qariyb yarmi ocharchilikdan aziyat chekmoqda.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining insonparvarlik masalalari boʻyicha boshligʻi Yamanning xavfli ocharchilik yoqasida ekanligidan ogohlantirdi. Aholining qariyb yarmi ocharchilikdan aziyat chekmoqda.Seshanba kuni BMTning insonparvarlik masalalari boʻyicha maslahatchisi Mark Loukok “Yamanda oʻta ogʻir ocharchilik xavf solmoqda” deya Xavfsizlik kengashiga murojaat qilgan.
Mark Loukokning taʼkidlashicha, ushbu ocharchilik dunyodagi barcha koʻrguliklardan ham dahshatliroq boʻlishi mumkin. Vaziyat avvalgi xabar qilinganlaridan ancha ogʻirlashgan.
Ilk bor Yamanda ocharchilik xavfi 2017 yil noyabr oyida eʼlon qilingan edi.
Oʻtgan oydan beri Yamanda taxminan 14 million kishi, yaʼni mamlakat aholisining deyarli yarmi ocharchilikni boshdan kechirmoqda.