Yamanda gumanitar inqiroz oğirlaşmoqda
Yamanda hukumat kuçlari va husiylar örtasidagi qurolli töqnaşuvlar keskinlaşib, mamlakatda gumanitar vaziyat yanada oğirlaşmoqda.
Taʼkidlanişiça, avgust oyi boşidan buyon ölkada qariyb 313 ming kişi öz uyini tark etişga majbur bölgan. Töqnaşuvlarda 69 nafar tinç aholi halok bölgan, 212 nafari jarohatlangan. Jabrlanganlarning uçdan bir qismidan köproğini bolalar taşkil etadi.
Janglar ayniqsa, mamlakat janubi-ğarbidagi Taiz viloyatida avj olgan. BMTning Gumanitar masalalarni muvofiqlaştiriş boşqarmasi (OCHA) maʼlumotlariga köra, majburiy köçiş holatlarining qariyb 40 foizi uşbu hudud hissasiga töğri keladi.
Ölkada oziq-ovqat tanqisligi ham jiddiy muammoga aylangan. BMT Jahon oziq-ovqat dasturining maʼlum qilişiça, 18,3 million kişi oziq-ovqat yetişmovçiligiga duç kelmoqda. Beş yoşgaça bölgan 2,2 million bola töyib ovqatlanmaslikdan aziyat çekmoqda. Ularning qariyb 500 ming nafarida uşbu holatning oğir şakli kuzatilmoqda.
Töqnaşuvlar soğliqni saqlaş va taʼlim tizimiga ham salbiy taʼsir körsatmoqda. YUNISEF maʼlumotlariga köra, Taiz viloyatida 98 ta tibbiyot muassasasi qisman faoliyat yuritmoqda yoki butunlay işlamaydi. Lahj viloyatida esa 85 ta maktab yopilgan.
Şu bilan birga, YUNISEF va Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti kömagida 11 viloyatda qariyb bir million bolani qizamiq va qizilçaga qarşi emlaş kampaniyasi yölga qöyilgan.
BMTning 2026-yilga oid hisob-kitoblariga köra, Yamanda 21 milliondan ortiq kişi gumanitar yordamga muhtoj. Xalqaro taşkilotlar mojaroda iştirok etayotgan tomonlarni tinç aholi xavfsizligini taʼminlaş va gumanitar yordam yetkazilişiga tösqinlik qilmaslikka çaqirmoqda.
A.Mamatov, ÖzA