30 iyul– Xalqlar do‘stligi kuni

  Mamlakatimizda milliy madaniyat markazlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga katta e’tibor  qaratilmoqda. Bu yil Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda 30 iyul– Xalqlar do‘stligi kuni sifatida nishonlanadi. Respublika tojik milliy madaniyat markazi rahbari Gulandom Subhonova O‘zA muxbiriga quyidagilarni so‘zlab berdi.

    – Yurtimizda 130dan ortiq millat va elat, 16ta diniy konfessiya vakillari hamjihatlikda, bir oila farzandidek yashab, mamlakat taraqqiyotiga  hissa qo‘shmoqda.

       Mustaqillikning ilk yillaridanoq  millatlararo va konfessiyalararo hamjihatlikni, jamiyatda fuqarolar totuvligini mustahkamlash, barcha fuqarolarga millati va diniy e’tiqodidan qat’i nazar, teng huquq va imkoniyatlar yaratish, yosh avlodni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash O‘zbekistonda davlat siyosatining muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilangan.

       bugungi kunda O‘zbekistonda 150ta milliy markaz va 38ta do‘stlik jamiyati faoliyat olib boradi. Bu zaminda istiqomat qilayotgan turli millat vakillari «O‘zbekiston – umumiy uyimiz!» shiori ostida birlashib to‘yu-tantanalar, turli bayramlarni nishonlashadi. Eng asosiysi, barcha qardosh va birodar vatandoshlarning milliy urf-odatlarini asrab-avaylash uchun zarur sharoitlar yaratilgan. Xalq diplomatiyasi mamlakatlar o‘rtasida o‘zaro ishonch va yaxshi qo‘shnichilikni mustahkamlash, qo‘shni mamlakatlar bilan madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

   Serquyosh O‘zbekistonimiz ko‘pmillatli yurt hisoblanadi. Unda  qadim zamonlardan turli millat va elat vakillari o‘zaro do‘stlik va birodarlik muhitida yashab kelgan. Tojiklar ham o‘zbek va boshqa xalqlar bilan bir qatorda shu jonajon diyorimiz ravnaqi uchun o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.

  O‘zbekistonda bir million olti yuz ellik nafar tojik yashaydi. Respublika Tojik milliy madaniy markazi 2008 yilda tashkil topgan. Sakkizta viloyatda Tojik milliy madaniy markazlari faoliyat yuritmoqda. Bundan tashqari, oltita hududiy bo‘linmalarimiz mavjud. Yaqinda Respublika Tojik milliy madaniy markazining Farg‘ona viloyati bo‘limi ish boshladi.  

   bugungi kunda yurtimizda 255ta tojik umumiy o‘rta ta’lim maktabi bor. Termiz, Farg‘ona, Samarqand, Buxoro davlat universitetlari va Chirchiq davlat pedagogika institutida tojik guruhlari mavjud.

    Keyingi 4-5 yil davomida mamlakatimizning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va madaniy hayotida ulkan o‘zgarishlar ro‘y berdi. Millatlararo hamdo‘stlik, totuvlik va bag‘rikenglikni mustahkamlash uchun Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan tashkil etilgan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi milliy madaniy markazlar va do‘stlik jamiyatlari bilan bevosita hamkorlik qiladi, ularning muammolarini yechishga yordam beradi.  Prezidentimizning uzoqni ko‘zlagan oqilona siyosati tufayli bir-biriga do‘stu qardosh ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalar mustahkamlanmoqda.  

Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyevning 2021 yil 10-12 iyun kunlaridagi Tojikistonga tashrifi har qachongidan samarali bo‘ldi. Ikki mamlakat Prezidentlari do‘st-birodar sifatida samimiy muloqotda bo‘ldi. Tojikiston Prezidenti Yurtboshimizni o‘zbek va tojik xalqlari do‘stligining tashabbuskori va me’mori deya e’tirof etdi.

Tashrif doirasida energetika, transport, avtomobilsozlik, tog‘-kon, yengil sanoat, fan, ta’lim, sport va boshqa sohalarni qamrab olgan 35ta hujjat imzolandi.  

  Prezidentimizning Tojikiston Respublikasining 1-darajali “Zarrintoj” ordeni bilan mukofotlangani ikki xalqning orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarib, asl tarixiy haqiqatni joyiga qo‘ygani uchun e’tirofdir.

Muhtaram Prezidentimizning bevosita tashabbuslari asosida Respublikamizdagi milliy madaniy markazlar uchun Toshkent shahrining so‘lim maskanlaridan biri hisoblangan «Do‘stlik» bog‘ida joy ajratildi. Ular zamonaviy texnik vositalar va milliy kiyimlar bilan ta’minlandi. Samarqand viloyatida “Do‘stlik saroyi” va avtobus, Namangan viloyatida “Do‘stlik uyi”, Farg‘ona viloyatida ofis uchun alohida joy va “Damas” avtomobili ajratildi.

Prezidentimizning taklifi bilan 30 iyul – Xalqlar do‘stligi kuni deb e’lon qilinishi barcha millat vakillari uchun quvonchli xushxabar  bo‘ldi.  

    Ikki xalqning buyuk mutafakkirlari – Mavlono Abdurahmon Jomiy va Hazrat Alisher Navoiy asos solgan buyuk do‘stlik asrlar osha tojik va o‘zbek xalqlarining qardoshligini mustahkamlashga xizmat qilayapti. Endilikda  bu birodarlik  Mirzo Tursunzoda va G‘afur G‘ulom, Loyiq Sherali va Abdulla Oripov, Mirsaid Mirshakar va Zulfiya kabi ijodkorlarning ijodiy hamkorligida o‘z aksini topdi.

    Tojik mumtoz adabiyoti asoschisi Abu Abdulloh Ro‘dakiy aytganidek, “Dunyoning shodligi yig‘ilsa butun, Do‘stlar diydoridan bo‘lolmas ustun”.

     Samarqand shahrida Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiyga qo‘yilgan yodgorlik haykali, Dushanbe shahrida Alisher Navoiy xiyoboni bunyod etilishi ma’naviyati uyg‘oq bo‘lgan har bir inson ko‘ngliga surur baxsh etishi tabiiy.

     Bizning markazimiz millatlararo hamjihatlik va totuvlikni mustahkamlash doirasida juda ko‘p madaniy-ma’rifiy, ilmiy-adabiy tadbirlar o‘tkazmoqda.

     Jumladan,  zullisonayn shoir Jonibek Quvnoq tug‘ilib o‘sgan Forish tumanida uning xotirasiga bag‘ishlangan adabiy-ma’rifiy anjuman o‘tkazildi.  Respublika Oliy Majlisi Jamoat fondi Jizzax viloyati Tojik milliy madaniy markaziga ajratgan grant mablag‘lari hisobidan nashr etilgan shoirning “Shiru shakar” deb nomlangan she’riy kitobi taqdimoti o‘tkazildi. Tadbirda Buxoroning “Mavrigi” dastasi yurtimizning turli hududlaridan kelgan adabiyot va she’riyat ixlosmandlarini shod etdi. Tojikiston xalq artisti Jo‘rabek Murodov tabrik yo‘lladi.

     Respublika Oliy Majlisi Jamoat fondining Respublika Tojik milliy madaniy markaziga ajratgan grant mablag‘lari hisobidan Pahlavon Mahmudning ruboiylari kitobi tojik va o‘zbek tillarida “Sadu haft ruboi” (“Bir yuz yetti ruboiy”) nomi bilan nashr etildi. “Hoja Muhammad Porso” (J. Xolmo‘minov), “Ra’no va Zebo” (Mirzo Maseho Boysuniy) kitoblari chop etilib, maktab o‘quvchilari va kitobsevarlarga sovg‘a qilindi.  

      Buyuk shoir va mutafakkir Abdurahmon Jomiy tavalludining 605 yilligi munosabati bilan Respublika Tojik milliy madaniy markazining rejasi asosida “Jomiy va Navoiy: fors-tojik va o‘zbek ilmiy va adabiy aloqalari” nomli ilmiy konferensiya o‘tkazildi. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti bilan hamkorlikda o‘tkazilgan bu anjumanda jomiyshunos va navoiyshunos olimlar ishtirok etdi. Ma’ruzalar kitob holida nashr etilib, kitobxonlarga sovg‘a qilindi. Markaz faollari, talabalar ishtirok etib, shoirlar ijodidan g‘azal va ruboiylar o‘qishdi.

    2020 yilning mart oyida markaz faollari va hamkor tashkilotlar yordamida O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidovning tojik tilida nashr etilgan, shoir va olim Ja’far Muhammad Termiziy tarjimasidagi “Xonaat bo do‘st obod” (“Do‘st bilan obod uying”), “Qasidai inson” (“Inson qasidasi”) kitoblari taqdimotiga bag‘ishlangan adabiy-ma’rifiy tadbir o‘tkazdik.  

   Shu yilning 1-7 mart kunlari Quyi Chirchiq tumanida O‘zbekiston davlat filarmoniyasining hududiy bo‘linmalari ishtirokidagi “Madaniyat haftaligi” festival-tanlovida Buxoroning “Mavrigi” ansambli faxrli 2-o‘rin va ikki yuz million so‘m pul mukofotini qo‘lga kiritdi.

   Joriy yilning fevral oyida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasida markazimizning navbatdan tashqari konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Men shu kungacha Respublika Tojik milliy madaniy markazi raisining o‘rinbosari vazifasida faoliyat yuritganman.

Konferensiyaning yopiq ovoz berish jarayonida uch nomzod ichida ko‘proq ovoz to‘plab O‘zbekiston Respublikasi Tojik milliy madaniy markazi raisi lavozimiga saylandim. Bu yangi vazifa mening zimmamga juda katta mas’uliyat yuklaydi. Respublikadagi tojik xalqining maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, oliy ta’lim sohasidagi muammolarini o‘rganish, yetishmayotgan mutaxassis kadrlar, darsliklar va badiiy adabiyot bilan ta’minlash masalalarini yuqori tashkilotlar bilan qonunlarimiz doirasida hal etish diqqat e’tiborimizda.

O‘zbekistonimiz yangi taraqqiyot bosqichiga qadam qo‘yayotgan davrda, xalqning orzularini ro‘yobga chiqarish uchun barcha imkoniyatlar yaratilayotgan bir pallada bizning markazimiz ham yangi rejalar bilan faoliyatini davom ettiradi.  

  N.Usmonova,

  O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yagona va ahil oilada