Yagona elektron ro‘yxat afzalliklari
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasida Toshkent shahar adliya boshqarmasi masʼul xodimlari ishtirokida davra suhbati oʻtkazildi.
Saylov – 2019

Toshkent shahar adliya boshqarmasi masʼul xodimi Ilhom Yusupov va boshqalar saylov qonunchiligidagi yangiliklar, xususan, 2019-yil dekabr oyida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga boʻlib oʻtadigan saylovlarga tayyorgarlik koʻrish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida gapirdi. Saylov komissiyalari faoliyatini tashkil etish va samaradorligini oshirish, komissiya aʼzoligiga nomzodlar uchun yangi formatda oʻquv-seminarlari tashkil etish, yangi Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksi va uning afzalliklari haqida soʻz bordi.
–Tashkilotimizda “Saylov qonunchiligi targʻiboti oyligi”ni puxta tuzilgan rejalar asosida tarmoqlarda tizimli oʻtkazmoqdamiz. Har bir xodimning saylov boʻyicha bilimi va koʻnikmalarini oshirish, qonunchilikdagi yangiliklardan boxabar qilish maqsadida mutaxassislar, masʼul kishilar ishtirokida davra suhbati va anjumanlar uyushtirayapmiz. Bundan keyingi anjumanimiz Qoʻqon shahridagi “Qoʻqon” mintaqaviy temir yoʻl uzelida oʻtkaziladi, – dedi “Oʻztemiryoʻlnazorat” inspeksiyasi boshligʻining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi Firdavs Xayriddinov.
Anjumanda mutaxassislar tomonidan saylovchilarning yagona elektron roʻyxatini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi haqida maʼlumotlar taqdim etildi. Joriy yilgi saylov jarayonlariga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari keng joriy etilishi taʼminlanishi, shuningdek, saylov jarayonini boshqarish axborot tizimini joriy etish va saylovchilarning yagona elektron roʻyxatidan samarali foydalanish uchun zarur apparat-dasturiy infratuzilma yaratilishi belgilangan. Buning natijasida bir vaqtning oʻzida yashash joyi va ish joyi ikki viloyatda boʻlgan fuqarolarning saylovda bir marotaba xohlagan manzilidan ovoz berish imkonini va uning ishtiroki qayd qilinishi tushuntirildi.
Davra suhbatida mutaxassislar “Oʻztemiryoʻlnazorat” inspeksiyasi markaziy apparati, Toshkent filiali xodimlarining siyosiy partiyalar tomonidan nomzodlarni tavsiya etish tartibi va vaqti, uchastka saylov komissiyalarining vakolatlari hamda muddatidan oldin ovoz berish holatlari haqidagi savollariga atroflicha javob berdi.