Yadroviy bazalar maxfiy sanalgan
Janubiy Koreya Milliy razvedka xizmati “The New York Times” reportajidagi KXDRning yadroviy obyektlari haqida aytilgan maxfiy maʼlumotlar oʻzi uchun yangilik emasligini maʼlum qildi.
Janubiy Koreya Milliy razvedka xizmati “The New York Times” reportajidagi KXDRning yadroviy obyektlari haqida aytilgan maxfiy maʼlumotlar oʻzi uchun yangilik emasligini maʼlum qildi.
“Yonhap” agentligi xabariga koʻra, razvedka xizmati shimolliklarning barcha yadroviy obyektlarini muttasil nazorat ostiga olgan, ularning soni 20 ta boʻlib, Sakkanmoldagi baza eng asosiysi hisoblanadi. Aslida yadroviy bazalar maxfiy sanalgan. Shimolliklar bular haqda maʼlum qilmagan va faqat sunʼiy yoʻldosh orqali olingan suratlar tufayligina aniqlangan.