O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tadbir Prezidentimiz Islom Karimovning 2014-yil 3-iyulda qabul qilingan “Davlat mulki obyektlarini kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga sotish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori va Vazirlar Mahkamasining shu yil 15-iyuldagi “Zarar ko‘rib ishlayotgan va iqtisodiy nochor, past rentabelli tashkilotlarning foydalanilmayotgan va ortiqcha ishlab chiqarish maydonlarini yanada optimizatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan maqsad va vazifalarga bag‘ishlandi.

Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari S.G‘afforov va boshqalar xususiylashtirish jarayonini chuqurlashtirish hamda xususiy mulk rolini oshirish bugungi kunda iqtisodiyotimizni izchil va barqaror rivojlantirishning muhim omili ekanini ta’kidladi. Bu jarayonda mamlakatimizda amalda qo‘llanilayotgan davlat va biznes o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tartibga soladigan samarali me’yoriy-huquqiy baza alohida o‘rin tutadi.

Davlat mulkidan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan yangi hujjatlar bunga yorqin misoldir. Masalan, Prezidentimizning “Davlat mulki obyektlarini kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga sotish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq mamlakatimizning ko‘plab hududlarida kichik sanoat zonalarini tashkil etish ko‘zda tutilgan bo‘lib, ushbu maqsadlar uchun 57 yer uchastkasi ajratiladi.

Shuni ta’kidlash kerakki, 299 foydalanilmayotgan, qurilishi tugallanmagan va buzib tashlanadigan davlat mulki obyektlarining ro‘yxati tasdiqlandi hamda oshkora savdolarda sotish uchun taklif etiladigan 64 bo‘sh turgan obyekt aniqlandi. Bundan tashqari, investitsiya majburiyatlarini qabul qilish va yangi ish o‘rinlari yaratish sharti bilan nulinchi xarid qiymati bo‘yicha 120 dan ortiq obyektni xususiy mulkka berish shartlari ham tasdiqlandi.

Matbuot anjumanida ushbu me’yoriy-huquqiy hujjatga binoan davlat mulki obyektlarini xususiylashtirish tartibi soddalashtirilgani ma’lum qilindi. Masalan, davlat aktivlarini nulinchi xarid qiymati bo‘yicha sotishga oid oshkora savdolarni o‘tkazish to‘g‘risidagi e’lon ommaviy axborot vositalarida chop etilgan sanadan boshlab to ushbu savdolar o‘tkaziladigan sanagacha bo‘lgan muddat ikki oydan 30 kunga qisqartiriladi. Oshkora savdolarda davlat aktivlarini sotib olish uchun 6 oy mobaynida talabnoma tushmasa, ular qo‘yilgan narxni oyiga 10 foiz bosqichma-bosqich pasaytirib borish mexanizmi qo‘llangan holda sotiladi va bu dastlab qo‘yilgan narxning 50 foizidan past bo‘lmasligi kerak. Davlat aktivlari dastlab qo‘yilgan narxning 50 foizigacha pasaytirilgandan so‘ng 3 oy mobaynida oshkora savdolarda sotilmay qolgan hollarda, ular nulinchi xarid qiymati bo‘yicha sotiladi.

Vazirlar Mahkamasining “Zarar ko‘rib ishlayotgan va iqtisodiy nochor, past rentabelli tashkilotlarning foydalanilmayotgan va ortiqcha ishlab chiqarish maydonlarini yanada optimizatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori doirasida 35 davlat obyektini, jumladan, to‘rtta ijtimoiy infratuzilma obyektini xususiylashtirish belgilandi. Shu bilan birga, nizom jamg‘armasida davlat ulushi bo‘lgan 211 tashkilotning ortiqcha ishlab chiqarish maydonini sotish va 43 davlat obyektini joylardagi davlat hokimiyati organlari boshqaruviga yoki tegishli tashkilotlarning nizom jamg‘armasiga topshirish ko‘zda tutilgan.

Matbuot anjumanida mutaxassislar jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob qaytardi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xususiylashtirish – iqtisodiyotni rivojlantirishning muhim omili