Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.

O‘tgan yili ayrim mamlakatlardan investitsiyalar kamaygani, bu yilda qator yetakchi davlatlar investorlari bilan loyiha qilinmagani ko‘rsatib o‘tildi. 

Xitoy, Rossiya va Malayziya bilan hokimlar va investorlarni bir-biriga bog‘lash tajribasi qolgan mamlakatlardagi elchixonalarimizda ham yo‘lga qo‘yilishi zarurligi qayd etildi.

O‘tgan oyda Londonda “O‘zbekiston investorlari kuni” tashkil etilgani natijasida 2,77 milliard dollar jalb qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bunday tadbirlarni Nyu-York, Singapur, Gonkong, Dubay, Shanxay, Tokio, Istanbul kabi megapolislarda ham o‘tkazish topshirildi.

Xususiylashtirish bo‘yicha muhim qarorlar qabul qilinishi kutilmoqda. Bunda 15 ta yirik davlat korxonasi yevrobond chiqarib, IPOga qo‘yiladi, 49 ta korxonadagi davlat ulushi xalqaro bozorda sotiladi.

– Bu o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi. Investor keladi, deb o‘tirmasdan, elchilar uchrashuv tashkil etishi, vazirlar va hokimlar borib taqdimot qilishi kerak. Shunda natija bo‘ladi, – dedi Prezident.

Shu oyda Jizzaxda, iyun oyida esa Toshkent shahrida xalqaro investitsiya forumlari o‘tkaziladi. Vazirlar va hokimlarga hozirdan puxta tayyorlanib, investorlarga taklif qilish uchun loyihalar portfelini shakllantirish topshirildi. Bunday forumlarni yil davomida barcha hududlarda tashkil etish vazifasi qo‘yildi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xususiylashtirish bo‘yicha muhim qarorlar qabul qilinishi kutilmoqda