Andijon shahrining Mirpo‘stin mahallasida "Family med" xususiy klinikasi ish boshladi.
Viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov, tibbiyot xodimlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirokida muassasa ochilishiga bag‘ishlangan tadbirda mamlakatimizda aholi salomatligini muhofaza qilish, tibbiy xizmat sifati va samaradorligini oshirish, xususiy tibbiy muassasalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganligi ta’kidlandi.
Tadbirkor Juratbek Quvvatov tomonidan barpo etilgan, umumiy qiymati 26 milliard so‘mga teng, eng zamonaviy tibbiy jihozlar bilan ta’minlangan klinikada bir vaqtning o‘zida 150 nafar bemorni statsionar va ambulator tarzda davolash imkoni mavjud. Mazkur tibbiy muassasa urologiya, ginekologiya hamda оториноларинго́логия yo‘nalishidagi xastaliklarni davolashga ixtisoslashgan bo‘lib, bemorlarga sifatli xizmat ko‘rsatish uchun zarur barcha sharoitlar yaratilgan.
O‘ziga xos ko‘rinishga ega 5 qavatli ushbu muassasa ilg‘or va zamonaviy tibbiy jihozlar bilan ta’minlangan. "Family med" klinikasining ish boshlashi bilan 70 ta yangi ish o‘rni yaratildi.
F. UBAYDULLAEV,
Z. UMRZOQOV (surat),
O‘zA