Hisob-kitoblarga ko‘ra, mamlakatimizda 2,4 millionta xonadonning egalik hujjati yo‘q. Farg‘ona viloyatida ham ko‘plab odamlar buning yechimini kutmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 27 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan yer resurslaridan oqilona foydalanish, yer hisobini yuritish hamda kadastr xizmatlarini yaxshilash masalalari bo‘yicha yig‘ilishida shu kabi muammolar bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Farg‘ona viloyati boshqarmalarida tashkil etilgan matbuot anjumanida shu va boshqa kadastr yo‘nalishidagi ishlar haqida so‘z bordi.

Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘i Nodirbek Mashrapov kadastr xizmatlari qamrovi va sifatini oshirish, sohadagi vazifalar haqida ma’lumotlar berdi. O‘tgan davr mobaynida kadastr pasportini shakllantirish bo‘yicha 51 ming 418 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ularning 35 ming 831 tasi ijobiy hal etilgan.  

Yer va kadastr nazorati borasida ham samarali ishlar tashkil etilmoqda. Jumladan, joriy yilning o‘tgan 9 oy davomida viloyat bo‘yicha 1 ming 8 ta holatda jami 202,07 gektar yer maydonlarini o‘zboshimchalik bilan egallab, 4,56 gektar qismiga noqonuniy qurilishlar amalga oshirilganligi aniqlangan. 2021 yil 1  maydan boshlab yangi integrasiyalashgan axborot tizimida qishloq xo‘jaligi yerlarini elektron shaklda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshlangan. 2023 yil 1 yanvar holatiga 11 ming 700 ta  fermer va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalarining  529 ming 489 gektar yer maydoni mavjud bo‘lib, 124 ming 462  ta yer  uchastkasida joylashgan fermer va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalarining 395 ming 961 gektar yer uchastkasi onlayn geoportal orqali milliy geografik axborot tizimiga to‘liq kiritildi.  

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida tajriba tariqasida xususiy kadastr muhandisi instituti joriy etildi hamda 165 ta xususiy kadastr muhandisi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Odamlar istasa xususiy sektorga, istasa davlat idorasiga murojaat qilishi mumkin bo‘ladi. Buning uchun ko‘chmas mulklar yangi “UZKAD” axborot tizimiga o‘tkaziladi, 2024 yil 1 iyuldan respublikaning barcha hududlarida xususiy kadastr muhandislari ish boshlaydi.

Matbuot anjumani davomida ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlarni qiziqtirgan savollarga mutasaddi va mas’ullar tomonidan ma’lumotlar berildi.  

M.Sulaymonov,  

O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xususiy kadastr muhandislari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi