Yamanning xalqaro miqyosda tan olingan hukumati axborot vaziri Muammar Al-Aryoniy mamlakat shimolini boshqarayotgan shia mazhabi tarafdorlari harbiy-siyosiy ubshmasi - “Ansor Alloh” (xusiylar) harakatini eronlik mutaxassislar nazorati ostida kimyoviy qurol yaratishga urinishda aybladi.

— Terrorchi husiy jangarilari eronlik mutaxassislarning bevosita nazorati va boshqaruvi ostida kimyoviy qurol ishlab chiqarish zavodlari barpo etdi, — degan mulozim Birlashgan Arab Amirliklari “The National" gazetasiga bergan intervyusida. — Bu mintaqaviy va xalqaro xavfsizlikka halokatli tahdid solmoqda. Eron yaqinda tegishli hududlarga zaharli gaz va kimyoviy qurol ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan materiallar olib kelgan. Ishonchli manbalarimiz xabar berishicha, guruh a’zolari allaqachon bu halokatli materiallarni tayyorlab, ballistik raketa va dronlarga o‘rnata boshlagan.

Vazir BMT va Kimyoviy qurollarni taqiqlash tashkilotini zaharli moddalar paydo bo‘lishi bilan bog‘liq ma’lumotni tekshirish, Yaman taqiqlangan vositalar ishlab chiqariladigan maxfiy laboratoriyalarga ega hududga aylanishiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rishga chaqirgan.

S.Rahimov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xusiylar kimyoviy qurol yaratishda ayblandi