Sharqona yangi yil boshlanadigan qutlug‘ kun – Navro‘zi olam asrlar davomida bahor, ezgulik, mehr-oqibat, mehnat va bunyodkorlik ramzi sifatida el-yurtimizning hayotida beqiyos o‘rin tutib kelmoqda.

Bu yilgi Navro‘z shodiyonalari ham Xorazm vohasi bo‘ylab yangicha ruh va mazmun kasb etdi.  

Yangilanish, yasharish, bayramining asosiy tantanalari Urganch shahridagi "Yoshlik" sport majmuasida bo‘lib o‘tdi. Navro‘z saylida barcha tuman-shahar, korxona - tashkilotlarga alohida pavilonlar ajratildi. Bahoriy taomlar tayyorlanib, elga ulashildi. Qadim an’analar, milliy hunarmandchilik buyumlari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ko‘rgazmalari namoyish etildi.  

Bog‘ning har burchagida konsert dasturlari, falklor jamoalarning chiqishlari, turli ko‘ngilochar tadbirlar, bobo va momolarimizdan  meros qadriyatlar ko‘rsatildi.O‘ziga xos raqobat usulida tayyorlangan ko‘rgazmalar, bayram chiqishlari hakamlar hayati tomonidan baholandi.

[gallery-22385]

–  Viloyatimizda Navro‘z bayrami tantanali ravishda nishonlanmoqda, –deydi Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali dotsenti Feruza Otajonova, –Bayramda barcha jamoalar faol ishtirok etishmoqda. Har bir hudud o‘ziga xos milliy urf-odat va an’analarni namoyon etuvchi chiqishlar, folklor ansambllari, teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlari hamda xalq o‘yinlari bilan bayramga o‘ziga xos kayfiyat bag‘ishlamoqda.

“Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassamlashtirgan umumxalq sayillari viloyatning barcha hududlarida – mahalla va ovullarda, ko‘cha va guzarlarda keng nishonlanmoqda. Shuningdek, ta’lim muassasalarida ham milliy taomlar sayli, hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi va turli ko‘ngilochar dasturlar, tanlovlar  go‘zal tarzda tashkil etilmoqda, – deydi Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madrahimova. – Jumladan, bizning oliygohda ham    umumxalq milliy bayrami munosabati bilan “Rektor kubogi” sport musobaqalari  tashkil etildi. Mazkur sport musobaqalarining maqsadi intellektual o‘yinlar orqali yoshlarning aqliy, sport orqali jismoniy  qobiliyatlarini yanada oshirish, bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishdir.

Darhaqiqat, “Yoshlik majmuasi”da bayram ishtirokchilari Navro‘zning yangilanish, totuvlik va mehr-oqibat ramzi ekanini yana bir bor his qilishdi. Ayniqsa, o‘zgacha festivalga kelib qolgan xorijlik sayyohlar o‘z hayratlarini yashirmadilar.  

–  Men O‘zbekistonga birinchi bor kelishim, – deydi kanadalik sayyoh Jovel Elone. – Turmush o‘rtog‘im bilan Navro‘z bayrami arafasida kelganimiz esa omadimiz deb bilaman. Bayram bahona o‘zbeklarning qadriyatlari, madaniyati, san’ati va milliy taomlari bilan tanishdim. Har bir mezbon juda xushmuomila. Qayerga borsak, raqsga va tansiq taomlar jamlangan dasturxonga taklif qilishadi. Bu xalqning mehmondo‘stligi menda juda iliq taassurotlar qoldirdi. Keyingi bayramlarda ham shu yerda bo‘lishni istayman.  

Majmuaning ichkari kismida tashkil etilgan musiqiy dastur yig‘ilganlarga

xush kayfiyat, bayram zavqini ulashdi. Bu yerda ham ko‘rgazmalar namoyish etildi.  

Viloyat hokimi Jo‘rabek Rahimov boshchiligidagi faollar va tashkilotlar rahbarlari har bir ko‘rgazmalarni ko‘zdan kechirib, yig‘ilganlarni Navro‘zi olam bilan qutladi.  

Namoyish etilgan turli millat vakillariga xos buyumlar, raqslar o‘sha xalqning qadim qadriyatlaridan so‘zlaydi.  

–  Mamlakatimizda o‘zaro hamjihatlik muhitini mustahkamlash, milliy madaniy markazlar faoliyatini keng qo‘llab-quvvatlash borasida tizimli ishlar olib borilmoqda,– deydi viloyat rus madaniy markazi rahbari Tatyana Steponkova. – Bugungi kunda yurtimizda istiqomat qilayotgan barcha millat va elat vakillarining an’analarini ravnaq toptirish, ularning emin-erkin ijod qilishi uchun zarur sharoit va imkoniyatlar yaratilgan. Navro‘z bayrami esa jonajon Vatanimizda barcha millat va elat vakillarining erkin, tinch-totuv, ahil-inoq, bir oila bo‘lib yashayotganiga yaqqol misoldir.

Katta sahnada teatrlashtirilgan konsert dasturida viloyatning ijodiy jamoalari tomonidan ijro etilgan kuy va qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari, poytaxtdan kelgan taniqli san’at va madaniyat

namoyondalarining chiqishlari barchaga bayram kayfiyatini ulashdi.  

Navro‘z sayllari ko‘hna voha bo‘ylab davom etmoqda.

Ahmadjon Shokirov, Behzod Saidov (surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xush kelding, Navro‘z!