“Xush kelding, bahor” milliy paradi o‘tkazildi
Poytaxtimizda Toshkent shahar hokimligi va Yakkasaroy hokimligi bilan hamkorlikda “Xush kelding, bahor!” milliy paradi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu bayramona tadbirda 5 mingdan ortiq turli yoshdagi fuqarolar ishtirok etib, bahorning kirib kelishini o‘zgacha shodiyonalar bilan nishonladi.



Xususan, bahoriy parad davomida 3 kilometr masofa piyoda bosib o‘tildi. Ikki mingga yaqin ishtirokchilar o‘zining milliy liboslarida qatnashib, o‘zbekona an’analarni namoyish etdi. Parad 5 ta mahalla hududidan o‘tib, ko‘chalarda bayram shukuhi va ko‘tarinki kayfiyat taratdi.
Mahallalar bo‘ylab o‘tgan ushbu tantanali yurish milliy qadriyatlarimizni targ‘ib etish, birdamlik va bayramona ruhni mustahkamlashga xizmat qiladi. Ushbu tantanali parad nafaqat bahorni qarshi olish, balki xalqimizning madaniy merosini keng namoyish etish imkonini ham berdi.



Gulnoza Boboyeva, O‘zA