Xurshidning Olimpiada sari ilk qadami
Poytaxtimizdagi “O‘zbekiston” sport majmuasida boks bo‘yicha yarimprofessional (APB) charm qo‘lqop ustalari o‘rtasida musobaqa bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, mamlakatimiz Boks federatsiyasi, Milliy olimpiya qo‘mitasi hamda Xalqaro havaskor bokschilar uyushmasi – AIBA hamkorligida tashkil etilgan turnirda O‘zbekiston, Rossiya, Germaniya, Braziliya, Shvetsiya, Italiya, Irlandiya va Filippin davlatlaridan bokschilar ishtirok etdi.
APB – AIVAning yarimprofessional bokschilar yo‘nalishi bo‘lib, mazkur yo‘nalishdagi musobaqalar bokschilarga Olimpiadada ishtirok etish huquqini beradi. Ushbu yo‘nalish uch turnirdan iborat, o‘nta vazn toifasining har birida sakkiz nafardan bokschi ishtirok etadi. Ikki turnirda g‘olib chiqqan bokschi chempionlik unvoni bilan birga 2016-yili Braziliyada o‘tkaziladigan Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.
Musobaqaning ochilishida Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish yuksak bosqichga ko‘tarilgani, mamlakatimizda boshqa sport turlari qatori boksning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, mahoratli bokschilarni tayyorlash hamda ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar samarasida sportchilarimizning jahon maydonlarida qo‘lga kiritayotgan yutuqlari salmog‘i tobora ortib borayotgani ta’kidlandi.
Davlatimiz rahbarining 2013-yil 25-fevraldagi “O‘zbekiston sportchilarini 2016-yilda Rio-de-Janeyro shahrida (Braziliya) bo‘lib o‘tadigan XXXI yozgi Olimpiya va XV Paralimpiya o‘yinlariga tayyorlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston boks federatsiyasi tomonidan sportchilarimizning zamonaviy me’yorlar asosida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazishi, xalqaro musobaqalarga puxta tayyorgarlik ko‘rishi va ularda munosib ishtirok etishi uchun qulay shart-sharoit yaratilmoqda.
“O‘zbekiston” sport majmuasida o‘tgan turnirning vazni 60 kilogrammgacha bokschilar bahsida hamyurtimiz Xurshid Tojiboyev irlandiyalik tajribali bokschi Joys Devid Oliverga qarshi ringga chiqdi. Xurshid dastlabki raundlarda ehtiyotkorlik bilan harakat qilib, asosiy e’tiborni raqibini o‘rganishga qaratdi. Muxlislarning qo‘llab-quvvatlashi va o‘zining kuchli irodasi sababli bokschimiz ustunligini namoyon etib, g‘alaba qozondi. Shu tariqa hamyurtimiz Rio-de-Janeyro Olimpiadasi sari ilk qadamini qo‘ydi.
– Biz sportchilarga barcha shart-sharoitlarni yaratib berayotgani uchun Prezidentimizdan behad minnatdormiz, – deydi Xurshid. – Bu musobaqaga ham jiddiy tayyorgarlik ko‘rdim. Maqsadim, kelgusi musobaqada ham g‘alaba qozonib, Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdir.