Xujamov San’at Hayitboyevichning tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Movarounnahrning VIII-X asrlar davri tanga pul munosabatlari (kumush dirham xazinalari asosida)” mavzusida
Xujamov San’at Hayitboyevichning 07.00.06 – “Arxeologiya” ixtisosligi bo‘yicha “Movarounnahrning VIII-X asrlar davri tanga pul munosabatlari (kumush dirham xazinalari asosida)” mavzusidagi tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Yahyo G‘ulomov nomidagi Samarqand arxeologiya instituti huzuridagi DSc.01/10.01.2024.Tar.169.01 raqamli Ilmiy kengashning 2025-yil 30-dekabr kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 140151, Samarqand shahri, Vohid Abdullayev ko‘chasi, 3-uy. Samarqand arxeologiya instituti.
Tel.: (99866) 232-27-75
e-mail: samarkandai1970@gmail.com