Xudaybergenov Bexzod Baxtiyorovichning yuridik fanlar doktori (DSc) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“To‘lovga qobiliyatsizlikni huquqiy tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari: sanatsiya va bankrotlik” mavzusida
Xudaybergenov Bexzod Baxtiyorovichning 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq ixtisosligi bo‘yicha “To‘lovga qobiliyatsizlikni huquqiy tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari: sanatsiya va bankrotlik” mavzusidagi yuridik fanlar doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01 raqamli Ilmiy kengashning 2023-yil 14-oktyabr kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100047, Toshkent shahri, Sayilgoh ko‘chasi 35-uy. Toshkent davlat yuridik universiteti.
Tel.: (99871) 246-46-00;
e-mail: info@tsul.uz