Xotira va qadrlash tadbirlari davom etmoqda
Buxoroda 9 may – Xotira va qadrlash kuni, shuningdek, Ikkinchi jahon urushida erishilgan buyuk g‘alabaning 80 yilligi munosabati bilan tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Erta tongdan viloyat hokimi boshchiligida viloyat hokimi o‘rinbosarlari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, davlat va jamoat tashkilotlari rahbar va mas’ullari, mehnat faxriylari, tibbiyot, oliy, o‘rta maxsus, maktabgacha va maktab ta’limi muassasalari, harbiy qismlar, huquq-tartibot organlari xodimlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, mehnat faxriylari, yoshlar Buxoro shahrida joylashgan Xotira maydoniga yig‘ildi.

Yig‘ilganlar Motamsaro ona haykali poyiga gulchambarlar qo‘yib, tinchlik uchun, avlodlar kelajagi uchun jon fido qilgan yurtdoshlarimiz xotirasiga hurmat ko‘rsatildi.
9-may – Xotira va qadrlash kuni tadbirlari viloyatning barcha shahar va tumanlarda, qishloq va mahallarda, tashkilot, idora va muassasalarda keng nishonlanmoqda.
Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.