Navoiy davlat universitetida Xotin-qizlar maslahat kengashi va Magistratura bo‘limi tomonidan “Ilmga baxshida umr” mavzusida olima ayollar va magistrlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Tadbir avvalida viloyat hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Malika Mamadiyarova so‘zga chiqib, keyingi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini oshirishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.

Bugungi kunda iqtisodiy-ijtimoiy, siyosiy hayotning barcha sohalarida xotin-qizlarning faolligini oshirish, ularning ta’lim va kasbiy ko‘nikmalar olishi hamda bandligini ta’minlash yuzasidan keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Xotin-qizlarimiz ilm-fan, madaniyat, san’at kabi sohalarni rivojlantirishda faol qatnashmoqda. Ularning mehnati munosib rag‘batlantirilmoqda.

– Hozirgi kunda viloyatdagi oliygohlarda ta’lim olayotgan talabalarning qariyb 60 foizga yaqinini qizlar tashkil etmoqda. 300 nafardan ziyod qizlarimiz oliy ta’lim muassasalarining magistratura, 124 nafari doktorantura bosqichida tahsil olayotgan bo‘lsa, 145 nafar yosh olimamiz falsafa fanlari doktori sifatida faoliyat yuritmoqda, – deydi Malika Mamadiyarova. – So‘nggi 3 yilda qariyb 11 ming nafar ehtiyojmand xotin-qizlar ta’limdagi davlat imtiyozlaridan foydalandi. Ularga bu yo‘nalishdagi dasturlarga 12,5 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. Ayni paytda 92 nafar ayollarimiz xalq deputatlari mahalliy Kengashlar deputati sanaladi. Joriy yilda davlatimiz rahbarining farmoni bilan 7 nafar viloyatimiz xotin-qizlari turli darajadagi davlat mukofotlariga sazovor bo‘ldi. Ularning 2 nafari Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, mehnat va jamoatchilik faoliyatida muhim natijalarga erishgan, yosh avlod tarbiyasiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan 5 nafar xotin-qizlarimiz davlatimizning yuksak orden va medallari bilan taqdirlandi.

– Bugungi kunda Navoiy davlat universitetida 700 nafardan ortiq o‘qituvchi faoliyat olib borib, ularning 420 ga yaqini xotin-qizlarni tashkil etadi, – deydi universitet Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Nasiba Tursunova. – Ularning orasida 300 nafar olima ayol bo‘lib, 50 nafari professor (DsC) ilmiy darajasiga ega, 250 falsafa doktori (PhD) va fan nomzodlaridir.

Ma’lumki, yurtimizda xotin-qizlarning ilm-fan sirlarini chuqur o‘zlashtirishini rag‘batlantirish va ularga ko‘maklashish maqsadida qator imtiyozlar joriy etilgan.

– 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Xotin-qizlar ta’limini qo‘llab-quvvatlash milliy dasturi qabul qilingan, – deydi universitet Magistratura bo‘limi boshlig‘i, professor Nodira Murodova. – Dasturga muvofiq, oliy ta’lim muassasalari, texnikum va kollejlarda, sirtqi va kechki ta’limda o‘qiyotgan xotin-qizlarning kontrakt pullarini to‘lash uchun 7 yilga foizsiz kredit berish, davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichida o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt to‘lovlari to‘liq davlat byudjetidan qoplab berilishi yo‘lga qo‘yildi. Xorijiy oliy ta’lim muassasalari bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari uchun har o‘quv yilida belgilangan o‘rinlarga “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali qo‘shimcha grant ajratilyapti. Ko‘plab ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba xotin-qizlarning ta’lim kontraktlari mahalliy byudjetdan to‘lab berilmoqda.

Tadbirda universitetda mamlakatimiz taraqqiyoti va ilm-fan rivoji yo‘lida izlanish olib borayotgan xotin-qizlarning samarali mehnati, ijtimoiy faolligi alohida e’tirof etildi.

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xotin-qizlarimiz har sohada faol