Mamlakatimizda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va ularni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish borasida 30 dan ortiq farmon va qarorlar qabul qilingan. Xususan, 2019 yilda qabul qilingan “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi va “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, 2021 yilda qabul qilingan «Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident hamda «Xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Vazirlar Mahkamasining qarori ushbu yo‘nalishdagi maqsad hamda vazifalarni ro‘yobga chiqarishda muhim huquqiy asos bo‘lib kelayotir.

Tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan va jabrlangan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilish, ularga psixologik, ijtimoiy, huquqiy va moddiy yordam ko‘rsatish maqsadida hududlarda Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Xotin-qizlarni himoya qilish maqsadida ichki ishlar organlarida ayollar masalalari bo‘yicha inspektor lavozimlari joriy etilgani hamda ularga ayollar huquq va manfaatlarini himoya qilishda qo‘shimcha vakolatlar berilgani ayollar bilan yuzaga kelgan salbiy holatlarni tezkor bartaraf etish va kelib chiqishi mumkin bo‘lgan og‘ir oqibatlarni o‘z vaqtida oldini olishda o‘z samarasini ko‘rsatmoqda. Zotan, xotin-qizlar huquqini himoya qilishda, ularning muammolari haqida o‘z vaqtida xabar topish va tegishli idoralar bilan hamkorlikda huquqbuzarlikni tezkor bartaraf etish muhim hisoblanadi.

2023 yilning aprel oyida xotin-qizlarga nisbatan maishiy zo‘ravonlik uchun jinoiy javobgarlik belgilandi va aybdorlarga nisbatan jazo choralari joriy qilindi. Bu davlatni xotin-qizlar yashashi uchun xavfsiz makonga aylantirish va O‘zbekistonda ayollar huquqlarini himoya qilishdagi muhim yutuq bo‘ldi.

Ayollarni qadrlash, ularning huquqlarini himoya qilish xar birimizning burchimizdir. Xotin-qizlarga e’tibor, xar sohada, ishda, ko‘chada, jamoada, ayniqsa, oilada eng yuqori darajaga chiqarilishi lozim. Oilada ayollarning qadrlanishi, ularga ko‘rsatilayotgan hurmat bolalarning tarbiyasida ijobiy iz qoldirishi shubhasizdir. Zero, buyuk insonlarni dunyoga keltiradiganlar ham, ularga ta’lim-tarbiya beradiganlar ham ayollardir.

Ayolga qo‘l ko‘tarish, kuch ishlatish aslida nomard-kuchsizlarning ishidir. Afsuski, buni anglamagan ayrim kimsalar ojiza qatlam vakilalariga zo‘ravonligini ko‘rsatadi. Tazyiq va zo‘ravonlik mavjud oilalarda ulg‘ayayotgan farzandlarning ruhiyatiga hamda tarbiyasiga bunday holatlar o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatishi shubhasizdir. Bu kabi oilalarda o‘sib-ulg‘ayayotgan bolalar o‘ziga ishonchsiz, qat’iyatsiz bo‘lib qolishi yoki zo‘ravonlikka, jinoyatchilikka moyil bo‘lishi, jamiyatda o‘z o‘rnini topishida qiyinchiliklarga duch kelishi yoxud o‘z hayotini barbod qilishi mumkin. Bundan tashqari oiladagi nizo, janjal va kelishmovchiliklar oxir-oqibatda oiladek muqaddas birlikning tanazzulga yuz tutishiga sabab bo‘ladi. Bundan esa, tabiiyki, shu oilagina emas, jamiyat ham zarar ko‘radi, oilaviy munosabatlarning buzilishi boshqa oilalar bilan bog‘langan qarindoshchilik rishtalarini ham uzadi yoki zaiflashtiradi, bolalar taqdirini xavf-xatarga qo‘yadi. Shuni unutmaylikki, jamiyatning ayollarga e’tibori farovon kelajak kafolatidir.

M.Ibrohimova,

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Rishton tumanlararo sudi sudyasi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikning har qanday ko‘rinishi inson huquqlarining qo‘pol ravishda buzilishidir