IIV akademiyasida mamlakatimizdagi qator huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari ishtirokida “Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” nomli xotin-qizlar huquqlarini ta’minlash va oilaviy zo‘ravonlikning oldini olish masalalari yuzasidan respublika ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda soha vakillari tomonidan “Xotin-qizlar huquqlarini ta’minlashda milliy tajriba”, “Xotin-qizlarning ijtimoiy masalalarini hal etish, bandligini ta’minlash”, “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilishning viktimologik choralari”, “Ayollarning mehnat huquqlarini ta’minlash: muammolar va ularni hal qilish yo‘llari” kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi. 

Tadbirda Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi xotin-qizlar jamoatchilik kengashi nomidan so‘zga chiqqan podpolkovnik Maloxat Badalbayeva “O‘zbekistonda xotin-qizlar huquqlarining ta’minlanishi masalalari hamda o‘zbek oilalarida ayollarning tutgan o‘rni” mavzusidagi o‘z ma’ruzasida har qanday xalqning yetuklik darajasini, avvalo, ayollarning ilmiy-madaniy kamoloti belgilab berishini, xalqimiz tili bilan aytganda “Bir qiz bolani o‘qitish – butun millatni o‘qitish bilan barobarligi”ni, “Najot – ta’limda, najot – tarbiyada, najot – bilimda” ekanligini ta’kidladi. U tomonidan namoyish etilgan oilaviy nizolarning farzandlarga ruhan salbiy ta’sir etishi to‘g‘risidagi videorolik esa qatnashchilarda katta taassurot qoldirdi. 

Konferensiya yakunida gender tenglikka erishishda barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish, xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olishda davlat va fuqarolik institutlarning hamkorligini mustahkamlash, oilalardagi ma’naviy-axloqiy muhitni yaxshilash va shu kabi boshqa dolzarb masalalar yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi. 

Gulnoza Boboyeva,O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xotin-qizlarga e’tibor kelajak taraqqiyoti garovidir