Prezident tashabbuslari – amalda

Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbirda prezident Shavkat Mirziyoyev uy-ro‘zg‘or ishlari, farzand tarbiyasidan ortib, ta’lim olayotgan, mehnat qilayotgan va tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan xotin-qizlarni zamonamizning haqiqiy qahramonlari deb ta’iflagan edi. 

Darhaqiqat, O‘zbekistonda xotin-qizlarning og‘irini yengil qilish, ular uchun barcha sohalarda zarur sharoitlarni yaratib berish davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri sanaladi.

Tadbirda davlatimiz rahbari xotin-qizlar bandligini ta’minlash va tadbirkorlikka jalb etish masalalariga alohida to‘xtalib, bu borada muhim tashabbuslarni bildirdi.

Shu boradagi amaliy qadam sifatida yaqinda Savdo-sanoat palatasi huzurida Tadbirkor ayollar kengashini tashkil etildi. Ushbu kengash joylarda ayol tadbirkorlarni qiynayotgan hayotiy muammolarni hal qilish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri parlament oldiga masala qo‘yish vakolatiga ega bo‘ldi.

Bu yil mahallalarda ayollar tadbirkorligi loyihalari uchun qo‘shimcha 3,3 trillion so‘m ajratiladi. Xususan, oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida yana yuz million dollar beriladi. Bunga qo‘shimcha ravishda tijorat banklari ham 100 million dollar jalb qilib, mahallalarda o‘zini o‘zi band qilgan xotin-qizlarga 50 million so‘mgacha garovsiz kreditlar ajratishi ko‘zda tutildi.

Qayd etilganidek, ayollar tadbirkorligini rivojlantirish bo‘yicha yangi tizim yo‘lga qo‘yiladi. Umuman, bu yil kasb-hunarga o‘qitish, ishli qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish hisobidan ikki million nafar ayolning bandligini ta’minlash maqsad qilingan.

Prezident topshiriqlari ijrosi – amalda. Shu asosida “Mikrokreditbank”da ham xotin-qizlar uchun imtiyozli kreditlar ajratish shartlari o‘zgartirildi.

Asosiy o‘zgarishlar nimalardan iborat? Bunga alohida-alohida to‘xtilish lozim. «Hamroh»  krediti stavkasi 3 foizga pasaytirildi.

Ayollar rahbarligidagi tadbirkorlik sub’ektlari va kamida uch nafar xotin-qizni ish bilan ta’minlagan bizneslar uchun 300 million so‘mgacha kredit stavkalari esa 2 foizga tushirildi.

«Vodiy tadbirkor ayoli» krediti doirasida 5 ta xotin-qizni ish bilan ta’minlagan tadbirkorlar uchun foiz stavkalari 1 foizga kamaytirilgan.  «Istiqbolli ayol» krediti ham 1 foizga tushirildi.

Bank tomonidan xotin-qizlar tadbirkorligi uchun taqdim qilinayotgan imkoniyatlar, bu kabi o‘zgarishlar e’tiborga molik.

O‘zA

Reklama huquqi asosida

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xotin-qizlar tadbirkorligi uchun kreditlar foizi tushirildi