Xotin-qizlar sport musobaqalarida bellashdi

Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmasi hamda uning tuman va shahar filiallarida faoliyat yuritayotgan xotin qizlar o‘rtasida 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan «Sog‘lom turmush – buyuk kelajak!» shiori ostida sport musobaqalari o‘tkazildi.
Sportning voleybol, shashka, stol tennisi va nayza otish turlari bo‘yicha tashkil etilgan bellashuvlarda 20 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi.
Musobaqalar juda qizg‘in va ko‘tarinki ruhda o‘tib, barchaga bahoriy kayfiyat baxsh etdi. Tadbir yakunida g‘oliblarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

O‘zA